Diana Gardanova
01
Dek 2020
157 marta ko'rildi

MDH ishtirokchi – davlatlarning buxgalteriya hisobi bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashi majlisi o‘tkazildi

Concrete

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi-davlatlar buxgalteriya hisobi bo‘yicha Muvofiqlashtirish kengashining (keyingi o‘rinlarda - Muvofiqlashtirish kengashi) XVII majlisi videokonferensiya shaklida o‘tkazildi. Muvofiqlashtirish kengashi 2000 yil 25 maydan boshlab faoliyatini amalga oshirib keladi va 2020 yilda o‘zining 20 yilligini nishonlamoqda.

Muvofiqlashtirish kengashining XVII majlisida Kengash a’zolari - MDH ishtirokchi-davlatlarning (Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston) buxgalteriya hisobi va audit sahosidagi vakolatli organlari vakillari va MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etishdi.

Muvofiqlashtirish kengash ishida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti departamenti mutaxasislari qatnashdi.

Muvofiqlashtirish kengashining XVII majlisida buxgalteriya hisobi va auditning dolzarb masalalari, shu jumladan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va Auditning xalqaro standartlarini qo‘llash tajribalari, hamda MDH ishtirokchi-davlatlar buxgalteriya hisobi va audit milliy tizimini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan Muvofiqlashtirish kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

MDH ishtirokchi-davlatlar buxgalteriya hisobi bo‘yicha Muvofiqlashtirish kengashning XVII majlisi to‘g‘risidagi axborot xabarnomasi bilan “Buxgalteriya hisobi va audit ~ xo‘jalik subektlarining buxgalteriya hisobi ~ buxgalteriya hisobi bo‘yicha Muvofiqlashtirish kengash majlislari” bo‘limida batafsil tanishishingiz mumkin.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 01 Dekabr 2020 13:05

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.