Diana Gardanova
30
Noyab 2020
163 marta ko'rildi

“Moliyaviy hisobotning va auditning xalqaro standartlarini joriy qilish: iqtisodiy, yuridik, ijtimoiy jihatlari” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya o‘tkaziladi

Concrete

MHXS va AXS ni qo‘llashning dolzarb masalalrini yoritib berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda 2020-yil 9-dekabrda “Moliyaviy hisobotning va auditning xalqaro standartlarini joriy qilish: iqtisodiy, yuridik, ijtimoiy jihatlari” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda. 

Konferensiyada IFRS (International Financial Reporting Standards Foundation – MHXS Fondi), IFAC (International Federation of Accountants – Buxgalterlarning Xalqaro Federatsiyasi) vakillari, ASSA ning (Association of Chartered Certified Accountants – Diplomli sertifikatli buxgalterlarning assosiasiyasi) xalqaro ekspertlari, MDH davlatlari va O‘zbekistonning professional tashkilotlarining mutaxassislari, auditorlar va buxgalterlar, o‘qituvchilar, O‘zbekiston Respubliksi ixtisoslashtirilgan oliy ta'lim muassasalarining magistr va aspirantlari ishtirok etadi. 

Konferensiyada ko‘rib chiqiladigan mmasalalarning dolzarbligini hisobga olgan holda konferensiyada faol ishtirok etishingizni taklif qilamiz. 

Taklifnoma (DOC 1.4MB)

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 30 Noyabr 2020 14:30

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -67 foydalanuvchi
2 - ball -20 foydalanuvchi
3 - ball -32 foydalanuvchi
4 - ball -28 foydalanuvchi
5 - ball -438 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi