Diana Gardanova
20
Noyab 2020
104 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi London fond birjasiga 555 mln. dollar va 2 trln. so‘m miqdoridagi suveren xalqaro obligasiyalarni joylashtirdi

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 750 mln. AQSh dollari miqdoridagi suveren xalqaro obligasiyalar ikki transhda – 10 yillik muddat bilan AQSh dollarida va 3 yillik muddat bilan o‘zbek so‘mida chiqarildi va London fond birjasiga joylashtirildi.

Joriy yilning 19-noyabr' kuni moliyaviy konsul'tantlarning investorlarning takliflariga asoslangan tavsiyasiga ko‘ra, xalqaro obligasiyalarning boshlang‘ich foiz stavkalari mos ravishda, dollarda 4,25% atrofida va so‘mda 15.25% atrofida belgilanib, London vaqti bilan soat 09:00da buyurtmalar kitobi ochiq deb e'lon qilingan edi.

Buyurtmalar hajmi ikki soat ichida dollar va so‘mdagi obligasiyalar uchun mos ravishda, 1,6 mlrd. dollar va 1,9 trln. so‘mni tashkil etdi.

Shakllangan buyurtmalar hajmi va moliyaviy konsul'tant-anderrayterlarning tahlillaridan kelib chiqib, London vaqti bilan soat 13:00da dollar va so‘mdagi obligasiyalar uchun foiz stavkalari, mos ravishda, 3,875% va 14,75% ga tushirildi.

AQSh bozorlari ochilgach, buyurtmalar hajmi oshishda davom etib, mos ravishda, 3,8 mlrd. dollar va 5 trln. so‘m maksimal qiymatga yetib bordi hamda foiz stavkalarini yana tushirish uchun imkoniyat yaratdi.

Savdo yakunlari bo‘yicha, xalqaro obligasiyalarning hajmi va foiz stavkalari quyidagicha belgilandi:

- 10 yillik AQSh dollari transhi: 555 mln. dollar 3,70% kupon bilan (dastlabki foiz stavkadan 0,55% past); 

- 3 yillik o‘zbek so‘mi transhi: 2 trln. so‘m 14,50% kupon bilan (dastlabki foiz stavkadan 0,75% past).

Moliya vazirligi tomonidan xalqaro obligasiyalarning, ayniqsa ilk bora milliy valyutada, muvaffaqiyatli joylashtirilishi mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli islohotlar xalqaro investorlar tomonidan ijobiy baholanayotganligi va O‘zbekistonning makroiqtisodiy istiqboliga ishonch oshib borayotganligidan dalolat beradi.

Mazkur xalqaro obligasiyalarning joylashtirilishidan kelib tushadigan mablag‘lar byudjet defisitini qoplash hamda O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha 2021 yilda amalga oshiriladigan ayrim loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda.

Moliya vazirligi 

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Juma, 20 Noyabr 2020 19:46

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -63 foydalanuvchi
2 - ball -19 foydalanuvchi
3 - ball -28 foydalanuvchi
4 - ball -26 foydalanuvchi
5 - ball -416 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi