Diana Gardanova
29
Okt 2020
281 marta ko'rildi

“2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi Surxondaryo viloyati hokimligida muhokama qilindi

Concrete

Surxondaryo viloyati hokimligi majlislar zalida Qonun loyihasi, keyingi yilda budjet-soliq siyosati yo‘nalishlari va o‘zgarishlari hamda 2021 yil uchun belgilanayotgan Surxondaryo viloyati mahalliy budjetining ko‘rsatkichlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Concrete

Seminar tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi mutassaddilari, viloyat hokimi, viloyat, barcha tumanlar va Termiz shahar xalq Kengashlari deputatlari, viloyat tuman va Termiz shahar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, viloyat, tumanlar va Termiz shahrining moliya soliq idoralari rahbarlari hamda budjet tashkilotlari, viloyat hududida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik sub'ektlarining rahbar va mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarlaridagi 2020 yil 19 oktyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisida berilgan topshiriqlarning bajarish hamda “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Oliy Majlis Senati a'zolari, Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi mutasaddi xodimlari tomonidan 2021 yilda budjet-soliq siyosatinnng asosiy yo‘nalishlari, byudjet daromadlarini prognozlashtirish va xarajatlarni rejalashtirishdagi o‘ziga xos xususiyatlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Mazkur yig‘ilishda keyingi yilda viloyat tuman va Termiz shahar mahalliy budjeti daromadlarni prognozlashtirish, xarajatlarni rejalashtirishda pandemiyani davom etishi, jahondagi iqtisodiy o‘sishning pasayishini inobatga olish hamda buning uchun mahalliy byudjetlarda yetarli zahiralarni shakllantirishga e'tibor qaratish ta'kidlandi.

 

Concrete

2021 yilda Surxondaryo viloyati mahalliy budjetining daromadlari 1 trln 717 mlrd 522 mln so‘mga prognozlashtirilganligi hamda daromadlar prognozi tarkibida bevosita soliqlarning ulushi 49,6 foizni, resurs soliqlari 19,2 foizni tashkil etishi qayd etildi.

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati mahalliy byudjetida 2021 yil uchun ko‘zda tutilgan tadbirlarni moliyaviy ta'minlash uchun 3 trln 41 mlrd 482 mln.so‘m rejalashtirilishi belgilandi.

Pandemiya davrida inson salomatligini ta'minlash va ularni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash maqsadida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari uchun 2 trln so‘mdan ortiq ya'ni jami xarajatlarning 65,8 foizi ko‘zda tutilayotganligi kelitirib o‘tildi.

Videoselektor yig‘ilishda deputatlar hamda mahalliy hokimlik organlari tomonidan “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi yuzasidan o‘zlarining takliflarini bildirishdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi 

Axborot xizmati

 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 29 Oktyabr 2020 16:47

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -63 foydalanuvchi
2 - ball -19 foydalanuvchi
3 - ball -28 foydalanuvchi
4 - ball -25 foydalanuvchi
5 - ball -410 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi