Diana Gardanova
29
Okt 2020
269 marta ko'rildi

“2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi Boysun tumanida muhokama qilindi

Concrete

Concrete

Budjet ma'lumotlarining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, byudjet mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida Surxondaryo viloyati Boysun tumanida xalq tuman Kengashi deputatlari, tuman mahalliy hokimiyati idoralari rahbarlari, budjet tashkilotlari rahbarlari va mas'ul xodimlari, tadbirkorlar ishtirokidagi tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi muhokama qilindi

Concrete

Yig‘ilishda Oliy Majlis Senati a'zolari, Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi mutasaddi xodimlari tomonidan 2021 yilda byudjet-soliq siyosatinnng asosiy yo‘nalishlari, byudjet daromadlarini prognozlashtirish va xarajatlarni rejalashtirishdagi o‘ziga xos xususiyatlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

 Mazkur yig‘ilishda tuman mahalliy byudjeti daromadlarni prognozlashtirish, xarajatlarni rejalashtirishda jahon va respublikamizda pandemiyani davom etishi, jahondagi iqtisodiy o‘sishning pasayishini inobatga olish hamda byudjetda yetarli zahiralarni shakllantirishga e'tibor qaratish ta'kidlandi.

Concrete

Shuningdek, yig‘ilish kun tartibida Boysun tumani hokimligining tuman mahalliy byudjeti 2020 yil 9 oy natijalari va yillik kutilayotgan ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlari eshitildi.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 29 Oktyabr 2020 10:14

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -63 foydalanuvchi
2 - ball -19 foydalanuvchi
3 - ball -28 foydalanuvchi
4 - ball -25 foydalanuvchi
5 - ball -410 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi