Diana Gardanova
14
Okt 2020
476 marta ko'rildi

O‘zmilliybank ilk xalqaro obligatsiyalarining boshlang‘ich foiz stavkasi e'lon qilindi

Concrete

Concrete

“O‘zmilliybank” AJ (keyingi o‘rinlarda – O‘zmilliybank yoki emitent) 300 mln. AQSh dollari miqdorida 5 yil muddatga ilk xalqaro obligasiyalarini muomalaga chiqarish bo‘yicha investorlar bilan roudshou yakunlandi va boshlang‘ich foiz stavka e'lon qilindi.

 Investorlarning takliflariga asoslangan moliyaviy konsul'tantlarning (Siti, Gazprombank, Natixis, SMBC Nikko) tavsiyasiga ko‘ra, O‘zmilliybanning ilk daromadlilik foiz stavkasi 5% atrofida (low-5%) belgilandi va London vaqti bilan soat 08:15 da buyurtmalar kitobi ochiq deb e'lon qilindi.

Concrete

Ikkilamchi bozor ko‘rsatkichlari hamda boshqa omillardan (emitent bilan bog‘liq risklar, obligasiyaning kutilayotgan likvidliligi, bozorning joriy holatidan) kelib chiqib, boshlang‘ich foiz stavkalarni e'lon qilishda (Initial Pricing Thoughts) aksariyat investorlar uchun eng maqbul stavkaning belgilanishi tranzaksiyada muhim strategik ahamiyat kasb etadi.

 Moliyaviy konsul'tantlar sindikati tomonidan quyidagi jadvalga asosan boshlang‘ich shartlar e'lon qilindi:

Concrete

Kun davomida buyurtmalar kitobining hajmi va investorlarning takliflaridan hamda moliya bozorlaridagi holatdan kelib chiqib O‘zmilliybankning ilk korporativ obligasiyalarining kupon stavkasini belgilash jarayoni bugun (14 oktyabr' kuni) yakunlanishi kutilmoqda. Bu bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi. 

 Ma'lumot uchun: 

 Joriy yilning 12-13 oktyabr' kunlari bo‘lib o‘tgan roud-shou tadbiri doirasida: 

·           AQSh, Yevropa, Rossiya Federatsiyasi va Osiyo mamlakatlarining 70 dan ortiq global xalqaro investorlari ishtirokida audiokonferensiya (Global Investor Call) o‘tkazildi;

·           12 ga yaqin yirik xalqaro investorlar bilan yakkama-yakka uchrashuvlar tashkil etildi va ularning savollariga to‘liq javob berildi.

 Ta'kidlash joizki, iqtisodiyot va xususan, bank tizimida olib borilayotgan islohotlar, korporativ boshqaruv tizimining takomillashtirilishi va boshqa bir qator yo‘nalishlarda olib borilayotgan chora-tadbirlar xalqaro investorlar tomonidan ijobiy qabul qilindi.

  O‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida tashkillashtiruvchi banklar tomonidan investorlarning dastlabki takliflari yig‘ildi hamda sifatli (diversifikasiya qilingan, uzoq muddat davomida qo‘llab-quvvatlaydigan) investorlarni tranzaksiyaga jalb qilish muhim ahamiyat kasb etishi belgilandi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 14 Oktyabr 2020 18:11

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -61 foydalanuvchi
2 - ball -19 foydalanuvchi
3 - ball -27 foydalanuvchi
4 - ball -23 foydalanuvchi
5 - ball -384 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi