Diana Gardanova
14
Okt 2020
475 marta ko'rildi

Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning birinchi darajali to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilib kelinmoqda

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi budjet tashkilotlarida ishlovchi hodimlarga ish haqi to’lovlarini o’z vaqtida to’lash, shuningdek, hozirgi kunda koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralarini ta’minlash bo’yicha ham uzluksiz faoliyatini “onlayn” tarzda davom ettirgan holda to’lovlarni amalga oshirib kelmoqda.

Ushbu muhim vazifalar ijrosini to’laqonli ta’minlash maqsadida, G’aznachilik bilan byudjet tashkilotlari o’rtasida “onlayn” ravishda ma’lumotlar almashinuvi tizimli yo’lga qo’yilgan.

Joriy yilning 12 oktabr kuniga G’aznachilik tomonidan byudjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi hodimlarning byudjet mablag’lari hisobidan sentabr oyi ikkinchi yarmi uchun jami 2 127 mlrd. so’mlik (97 foiz) ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar to’lab berildi.

Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalarida byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar uchun yakuniy hisob-kitoblar bo’yicha taqdim etilgan so’rovnomalarga asosan to’lab berilishi ta’minlanmoqda.

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 14 Oktyabr 2020 11:11

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -61 foydalanuvchi
2 - ball -19 foydalanuvchi
3 - ball -27 foydalanuvchi
4 - ball -23 foydalanuvchi
5 - ball -384 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi