Diana Gardanova
24
Sen 2020
678 marta ko'rildi

Moliya vazirligining axborot tizimida elektron hisobvaraq-faktura operatori ishga tushirildi

Concrete

Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilishda zamonaviy axborot tizimlarini keng qo‘llagan holda jamiyat uchun bir qancha qulayliklar yaratish hozirgi davrda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mutaxassislari tomonidan byudjet tashkilotlari hamda tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hisob kitob qilishlari uchun “UzASBO Faktura” elektron hujjat almashish tizimi (http://invoice.uzasbo.uz) ishlab chiqildi va joriy yilning 17 sentyabridan boshlab test(sinov) tarzda ishlamoqda, 1 oktyabrdan boshlab esa real vaqt rejimida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tizim Davlat Soliq qo‘mitasining rasmiy operatori sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. 

Endilikda mazkur tizim orqali byudjet tashkilotlari tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan qog‘oz shaklda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalardan voz kechib, hisob-kitoblarni faqatgina elektron tartibda shakllantirilgan hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha amalga oshirish uchun mazkur tizimdan hech qanday ortiqcha to‘lovlarsiz foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Ushbu tizim bir qancha qulayliklarga ega bo‘lib, zamonaviy talablarga javob beradigan darajada mukammal ishlab chiqilgan hamda unda foydalanish (bu yerda foydalanish tartibi bilan tinishib chiqshingiz mumkin) juda oson. 

Shu bilan birga, tizim hozirgi kunda dolzarb hisoblanib, byudjet ijrosi jarayonida inson omilini kamaytirish, nazoratni kuchaytirish, shaffoflikni oshirish hamda har bir operatsiyaning tezkor ravishda bajarilishini ta'minlashga va eng asosiysi byudjetga tushumlarini o‘z vaqtida tushishiga xizmat qiladi. 

Invoicetest.uzasbo.uz operatori orqali elektron hisob-fakturalarni (EHF) tayyorlash, yuborish, tasdiqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha QO‘LLANMA: PDF (5.46MB)

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 28 Sentyabr 2020 16:48

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.