РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

  • Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 2019 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar statistikasi

    Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 2019 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar sta…

    Batafsil...
  • «Yoshlar va tarix» mavzusida davra suhbati

    «Yoshlar va tarix» mavzusida davra suhbati

    Batafsil...
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi o'rtasida hamkorlik

    O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi o'rtasida hamkorlik

    Batafsil...
  • Yevropa Investitsiya Banki vakillari bilan uchrashuv

    Yevropa Investitsiya Banki vakillari bilan uchrashuv

    Batafsil...
  • Pensiya va nafaqa pullarini yetkazib berish sohasidagi nazorat tadbirlarining natijalari bo'yicha ma'lumot

    Pensiya va nafaqa pullarini yetkazib berish sohasidagi nazorat tadbirlarining natijalari bo'yicha ma'lumot

    Batafsil...
  • Ipoteka kreditlarini moliyalashtirish tizimlarini, shuningdek uy-joy subsidiyalarini global ko'rib chiqish bo'yicha dolzarb masalalarni muhokamasiga bag'ishlangan amaliy seminar

    Ipoteka kreditlarini moliyalashtirish tizimlarini, shuningdek uy-joy subsidiyalarini global ko'rib chiqish bo'yicha dolzarb masalalarni…

    Batafsil...
  • Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Byudjet boshqarmasi vakillari hamda Xalqaro valyuta jamg’armasi eksperti Marko Kanjiano ishtirokida 2020 yi

    Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi dep…

    Batafsil...
  • YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH

    YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH

    Batafsil...
  • Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, Davlat budjetiga tushumlarni kafolat

    Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni…

    Batafsil...
  • ROSSIYA FEDERAL G'AZNACHILIGI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHUV

    ROSSIYA FEDERAL G'AZNACHILIGI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • KELGUSI YILLAR UCHUN BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YOʼNALISHLARI BOʼYICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    KELGUSI YILLAR UCHUN BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YOʼNALISHLARI BOʼYICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    Batafsil...
  • “TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT”

    “TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT”

    Batafsil...
  • Fuqarolar uchun byudjet-2019 (Toshkent viloyati)

    Fuqarolar uchun byudjet-2019 (Toshkent viloyati)

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    Batafsil...
  • XABARNOMA

    XABARNOMA

    Batafsil...
  • Alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish va ishtirokchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishda xizmat qiluvchi dasturiy ta'minot uchun texnik topshiriq ishlab chiqish bo’yicha tanlo’v

    Alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish va ishtirokchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishda xizmat qiluvchi dasturiy t…

    Batafsil...
  • АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

    АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

    Batafsil...
  • OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI

    OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI

    Batafsil...
  • "Ochiq budjet": aholi takliflarining amalga oshirilishi

    Batafsil...

Joriy yilning 5 iyun kuni “S&P Global Ratings” xalqaro kredit reyting agentligi O‘zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingi bo‘yicha navbatdagi hisobotini e’lon qildi. 

Concrete

Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 20 may sanasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 301-son qarori tasdiqlandi. Qarorga asosan barcha yuridik shaxslar alkogol mahsulotlari ulgurji savdo faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya olish imkoniyati yaratildi.

Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspektsiya tomonidan Qoraqalpog’iston Respubliksi Ellikqala tumanida joylashgan “Ellikqal’a savdo” MChJga joriy yilning 3 iyun kuni alkogol mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shug’ullanish xuquqini beruvchi birinchi litsenziya rasmiylashtirildi.

 

Concrete

Batafsil ma'lumotni shu yerdan ko'chirib olishingiz mumkin: PDF 0.2MB

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining “Davlat boji to’g’risida”gi Qonuniga qo’shimcha kiritish haqida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqilgan bo’lib, unda davlat bojini to’lashdan tushadigan mablag’larni to’liq Davlat byudjetiga o’tkazilishi ko’zda tutildi.

Bugungi kunda davlat bojinining ayrim turlari bo’yicha to’lanadigan mablag’lar byudjetdan tashqari jamg’armalar va Davlat byudjeti o’rtasida taqsimlanib kelinmoqda. Xususan, davlat bojining ba’zi turlari bo’yicha mablag’larning 85 foizigacha qismi byudjet tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamg’armalariga o’tkaziladi.

Ushbu loyiha Moliya vazirligi tomonidan byudjetdan tashqari jamg’armalar hamda vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari hisob-raqamlarini O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga konsolidatsiyalashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarning davomi hisoblanadi.

Concrete

Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko’rsatkichlari oshishiga sabab bo’lmoqda.

Jumladan, so’nggi to’rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg’armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pog’onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pog’onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pog’onaga ko’tarildi.

O’zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko’tarildi.

Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga etarlicha e’tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o’tkazilayotgan so’rovlarda aksariyat islohotlar o’z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasi quyi pog’onalarda qolmoqda.

Concrete

2020 yil 1 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi Yalpi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda deputatlar O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va Davlat maqsadli jamg’armalarining 2019 yildagi hamda 2020 yil birinchi choragidagi ijrosini ko’rib chiqdilar.

Unda 2019 davrida davlat byudjeti daromadlari 112,2 trln. so’mni tashkil etgan holda prognoz ko’rsatkichlari 9,2 trln so’m ortig’i bilan yoki 109 foizga bajarildi.

Soliq islohotlari natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyorida 12,8 trln.so’m mablag’ qoldirildi.

Concrete

28 may kuni Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirishni moliyalashtirish va integratsiyalashgan milliy moliyalashtirish mexanizmlarining roli bo'yicha videokonferentsiya shaklida xalqaro seminar bo'lib o'tdi. Ushbu seminar Turkmaniston hukumati tomonidan BMTning Turkmanistondagi vakolatxonasi va BMTning Ijtimoiy va iqtisodiy masalalar departamenti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Seminarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo Iqtisodiy Maxsus Dasturi (SPECA), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi, Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Xalqaro Valyuta Jamg'armasi va boshqalar ekspertlari ishtirok etdilar.

Ma'lumot uchun: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari bo'yicha maxsus dasturi (SPECA) 1998 yilda tashkil etilgan bo'lib, hozirda Ozarbayjon, Afg'oniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekistonni qamrab oladi. SPECA xalqaro savdo, transport yo'lagi va tranzitni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mintaqasida suv va energetika resurslarini boshqarish sohasida subregional hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasi moliya vazirining o'rinbosari Shoxrux Sharaxmetov “Global pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirini kamaytirish va milliy integratsiyalashgan moliyalashtirish mexanizmlarini shakllantirishdagi O'zbekiston tajribasi” mavzusida ma'ruza qildi.

Batafsil ma'lumotni shu yerdan ko'chirib olishingiz mumkin: PDF 0.05MB

Batafsil ma'lumotni shu yerdan ko'chirib olishingiz mumkin: PDF 0.05MB

Concrete

Moliya vazirligi tomonidan respublikadagi ijobiy o‘zgarishlar va makroiqtisodiy statistik ma'lumotlarni qamrab olgan navbatdagi 11-sonli axborotnomani ma'lumot uchun havola qilmoqdamiz.

Newsletter#11 (PDF 3.75MB)

Batafsil ma'lumotni shu yerdan ko'chirib olishingiz mumkin: PDF 0.3MB

Concrete

Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg’armasi mablag’lari hisobidan koronovirus bilan kasallangan va karantinga olingan fuqarolari davolanayotgan sog’liqni saqlash muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning tibbiyot xodimlariga beriladigan rag’batlantirish pullarini to’lanishi Moliya vazirligining nazoratida turibdi.

Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan joriy yilning 15-18 may kunlari koronovirus bilan kasallangan bemorlar davolanayotgan sog’liqni saqlash muassasalari va bu jarayonda ishtirok etayotgan boshqa muassasalarda o’tkazilgan nazorat tadbirlarida 32 ta tibbiyot muassasalarida 932 nafar xodimlarga 19,6 mlrd.so’m miqdorida maxsus rag’batlantirish pullari to’lovi kechiktirganligi aniqlandi.

Masalan, Qashqadaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasi tomonidan viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga talabnoma o’z vaqtida bermaganligi oqibatida, 21 nafar tibbiyot xodimlarga ikkinchi 14 kun ish faoliyati uchun 373,6 mln.so’m rag’batlantirish pullari o’z vaqtida amalga oshirilmaganligi aniqlanib, joyida bartaraf etildi.

Batafsil ma'lumotni shu yerdan ko'chirib olishingiz mumkin: PDF 2MB

Batafsil ma'lumotni shu yerdan ko'chirib olishingiz mumkin: PDF 0.3MB

Batafsil ma'lumotni shu yerdan ko'chirib olishingiz mumkin: PDF 0.5MB

Joriy yilning 15-may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan tashkillashtirilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Ushbu konferensiyada moliya vaziri o’rinbosari Odilbek Isakov "Moliya vazirligida loyiha va jarayonlarning raqamlashtirilishi" taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Taqdimot davomida Moliya vazirligi tizimida qo'llaniladigan turli dasturlar haqida so’z yuritildi.

Budjet tashkilotlari tomonidan ishlatiladigan UzASBO dasturiy ta’minoti,  G’aznachilik bo’limi tomonidan ishlatiladigan “Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi” va bank muassalari tomonidan “Bank mijoz” axborot tizimini ishlatilishi  tufayli Budjet tizimi tashkilotlarining 2020 yil 1 yanvardan boshlab oylik ish haqi to’lo’vlarini avtomatlashtirilgan holda amalga oshirilib kelmoqda.

Concrete

So’ngi davrda davlatimizda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda aholimizga davlat xizmatlarini ko’rsatish jarayonini engillashtirish va ortiqcha qog’ozbozlikni yo’qotish masalalariga katta va jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida aholimizning asosiy qismi karantin talablariga rioya qilib uyda o’tirganida, ularga davlat xizmatlarini masofadan ko’rsatish va sanitariya me’yorlari jihatidan qog’oz ko’rinishidagi hujjatlarning aylanishini kamaytirish naqadar dolzarbligi va muhimligi yaqqol namoyon bo’lmoqda.

Concrete

2020 yilning 18 mayida Xalqaro valyuta jamg’armasining (keyingi o’rinlarda – XVJ) Direktorlar kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasiga Koronavirus pandemiyasining mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirlarini yumshatish maqsadida 375 mln AQSh dollari ekvivalentidagi imtiyozli kredit mablag’lari ajratilishi ma’qullandi.

Ma’lumot uchun: Imtiyozli kreditlar o’z ichiga 10 yillik muddat bilan (5 yillik imtiyozli davrni o’z ichiga olgan holda) 125 mln AQSH dollariga teng foizsiz tezkor kreditlash liniyasi (Rapid Credit Facility) va 5 yillik muddat bilan (3 yillik imtiyozli davrni o’z ichiga olgan holda) foiz stavkasi yillik 1,05 foizga teng bo’lgan 250 mln AQSH dollari miqdoridagi tezkor moliyalashtirish instrumentini (Rapid Financing Instrument) oladi.

Mazkur mablag’lar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurash jamg’armasiga koronavirus pandemiyasi va global inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralarini moliyashtirish uchun yo’naltiriladi.

Concrete

Sug’urta xizmatlari iqtisodiyotni turli moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biri bo’lib hisoblanadi. Shu sababli ham sug’urta sohasi iqtisodiyotning ajralmas qismi desak mubolag’a bo’lmaydi. 

Sohaga oid tahliliy axborotlarni hamda sug’urta bozoridagi joriy holat va 2020 yilning I choragi natijalari yuzasidan ma’lumotlarni keng jamoatchilikka etkazish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan davra suhbati tashkillashtirildi.

2019 yil I chorak yakuni bo’yicha sug’urta mukofotlari hajmi yalpi ichki mahsulotning 0,5 foizini, aholi jon boshiga sug’urta mukofotlari 14,7 ming so’mni tashkil qildi. 

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi sug’urta bozorida 36 ta sug’urtalovchi, shundan 28 tasi umumiy sug’urta tarmog’ida va 8 tasi hayotni sug’urta qilish tamog’ida, shuningdek 5 sug’urta brokeri, 5 aktuar tashkilot hamda 22 assistans, adjaster, syurveyer kompaniyalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Sug’urta kompaniyalari ma’lumotlariga muvofiq 2020 yil I choragi mobaynida 503,1 mlrd. so’m sug’urta mukofoti yig’ildi. 

Globallashuv jaryonida dunyo mamlakatlari bir-biri bilan savdo-iqtisodiy aloqalar olib borishi natijasida o’zaro valyuta operatsiyalari vujudga keladi. Valyuta operatsiyalar bo’yicha muomalalarni yaxlit bir tizimga keltirish va hisobini yuritishda biznes tili hisoblangan buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga tayaniladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda aholining tadbirkorlik darajasini oshirish va ularga keng sharoitlar yaratish maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur islohatlar Hukumat tomonidan qabul qilingan hujjatlarda o’zining yorqin ifodasini topgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni bilan yuridik shaxslarga o’z mablag’larini banklarda chet el valyutasiga cheklovlarsiz erkin konvertatsiya qilish huquqi berilgan.

O’zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi Qonuni bugungi kunda mamlakat valyuta bozori erkinlashishi va eksport imkoniyatlari kengayishida ustuvor asos bo’lib xizmat qilmoqda.

Batafsil ma'lumotni shu yerdan ko'chirib olishingiz mumkin: PDF 0.5MB

Batafsil ma'lumotni shu yerdan ko'chirib olishingiz mumkin: PDF 0.5MB

Concrete

Davlat xaridlarida ochiqlik va shaffoflikni, raqobat va xolislikni, asoslanganlikni, moliyaviy mablag’lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligini ta’minlash davr talabi.

Moliya vazirligiga2020 yil 7 may kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiningfarmoyishi loyihasi kelishish uchun kelib tushdi.

Mazkur farmoyish loyihasida O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “Land Cruiser 200” rusumli avtomashinasi xaridini istisno tariqasida tanlovlarsiz, to’g’ridan-to’g’ri shartnoma asosida amalga oshirish vazifasi yuklatilmoqda.

Batafsil ma'lumotni shu yerdan ko'chirib olishingiz mumkin: PDF 0.4MB

Concrete

2020 yilning 13-14 may kunlari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalqaro moliyaviy munosabatlar Jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuv masalalarini  muvofiqlashtirish bo’limi bo'sh ish o’rinlariga  tanlov o'tqazildi (II bosqich).

Koronavirus pandemiyasi tufayli, nomzodlarni tanlash masofadan turib online rejimda, Internet kanali va Zoom dasturi orqali amalga oshirildi.

Concrete

2020 yilning 12 may kuni Moliya vazirligi Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy ta’minlash departamentida mavjud bo’sh lavozimlar uchun tanlov (II-boshqich) bo’lib o’tdi.

"2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (ilovalari bilan, o‘zbek va rus tillarida).

Batafsil ma'lumotni shu yerdan ko'chirib olishingiz mumkin: PDF 22.6MB

12-may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "2020-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi farmonni imzoladi. Hujjat bilan tegishli strategiya va uni amalga oshirish bo'yicha yo'l xaritasi tasdiqlandi, ular kelgusi besh yil davomida sohani o'zgartirishning kontseptual asoslari, tamoyillari va yo'nalishlarini belgilab berdi.
 

Nima uchun strategiyani qabul qilish kerak edi?

Buning sababi – bank sektorida to'plangan muammolarni respublika moliya tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida hal etish zaruriyati. Ular orasida: davlatning haddan tashqari mavjudligi, raqobat kamligi, korporativ boshqaruv va bank xizmatlarining zamonaviy talablarga mos kelmasligi, shuningdek, dunyoda qo'llanilayotgan Profil texnologiyalarining nisbatan past darajada rivojlanishi.
 

Strategiyani kim tomondan tayyorlandi?

O'zbekiston rahbariyati topshirig'iga binoan hujjatni Jahon banki ekspertlari yordamida Moliya vazirligi va Markaziy bank mutaxassislari ishlab chiqdilar. Ular eng yaxshi xalqaro amaliyot va yondashuvlarni, jumladan, MDH va Sharqiy Yevropa tajribasini hisobga oldilar.

Concrete

Eslatma:

1. Kupon foiz stavkasi – yillik qatʼiy belgilangan foiz stavkasi 

2. Joriy narx (Price) – obligatsiyalarning oʼz nominal qiymatiga nisbatan oʼzgarishi (oʼsish (+) yoki kamayish (–)).

Concrete

Bertelsmann Stiftung (Bertelsmann Stiftung) tashkiloti joriy yil may oyining ilk haftasida Transformasiya indeksining 2020 yil uchun hisobotini e'lon qildi. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi indeksning bir qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha sezilarli darajada o‘sishni qayd etib, 2018 yilgi natijalarga nisbatan o‘z o‘rnini bir necha pog‘onalarga yuqorilashga erishdi. Jumladan, asosiy yutuqlar sifatida “Boshqaruv indeksi”ning 2018 yilgi natijaga nisbatan 9 pog‘onaga yuqorilagani, o‘z navbatida “Status indeksi”ning o‘rtacha 1 pog‘onaga yuqorilagani qayd etib o‘tildi.

 Izoh: Transformasiya indeksining 2018 yil uchun hisobotida jami 129 ta mamlakat, 2020 yil uchun hisobotida jami 137 ta mamlakat qamrab olingan.

Eng katta o‘sish “Boshqaruv indeksi” tarkibidagi “Xalqaro aloqalar” indikatorida qayd etilib, 2018 yilgi 3.3 balldan 5.3 ballga yuqorilagan. Bu borada Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida ko‘p xorij agentliklari, rasmiylar, ekspertlar tomonidan mamlakatimizga bo‘lgan “ishonchi”ning yanada ortib borayotgani, qo‘shnichilik aloqalarining har jabhada yanada mustahkamlanayotganligi, mamlakatimizning investisiya muhiti tubdan yaxshilaganligi, xalqaro savdo, pul-kredit, soliq va boshqa tizimlaridagi keng ko‘lamli islohotlar yurtimizning xorijdagi o‘z imidjini qaytadan shakllantirishga xizmat qilmoqda.

“Prezident Sh.Mirziyoev tomonidan amalga oshirilayotgan misli ko‘rilmagan islohotlar nafaqat mamlakatda balki mintaqada ham siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlardan yangi muhit yaratmoqda” -mutaxassislar tomonidan alohida qayd etib o‘tildi.

 Shuningdek, “Siyosiy transformasiya” indikatorida 2018 yilda 129 ta mamlakat orasidan 3.17 ball bilan 115 o‘rinni egallagan bo‘lsak, 2020 yil hisobotga ko‘ra 137 ta mamlakat orasida 3.63 ballga yuqorilab, 105 o‘rinni qayd etdik. Jumladan, ekspertlar tomonidan “Qonun ustuvorligi”, “Demokratik institutlarning barqarorligi”, “Siyosiy va ijtimoiy integratsiya” hamda “Siyosiy ishtirok” sub-indikatorlarida sezilarli darajada yaxshilanishga erishilgani e'tirof etildi. Mazkur ijobiy o‘zgarishlar fonida yurtimizda qonunchilik, sud-huquq tizimlarida so‘ngi yillarda erishilgan yutuqlar, joylarda parlament nazoratining joriy etilishi, korrupsiyaga qarshi kurashishda olib borilayotgan izchil islohotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 2018 yil 9 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, uning maqsadi davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Qonunning qabul qilinishi davlat xaridlarini samarali amalga oshirish milliy tizimi huquqiy asosining zaminini yaratdi.

 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash, shuningdek, koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralarini ta’minlash bo‘yicha uzluksiz faoliyatini davom ettirmoqda.

VASHINGTON, 2020- y. 30- aprel – Jahon Bankining direktorlar Kengashi taraqqiyot siyosatini qo‘llab-quvvatlash operatsiyasi doirasida O‘zbekistonga qo‘shimcha 200 million dollar taqdim etish haqidagi qarorni tasdiqladi. Ushbu mablag‘ koronavirus (COVID-19) pandemiyasining aholi salomatligi, uning ijtimoiy farovonligi va mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan hukumat chora-tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Soliq tushumlarining keskin qisqarishi va hukumatning inqirozga qarshi kurash dasturi doirasida davlat harajatlarining kutilmaganda oshib ketishi sharoitida mazkur moliyaviy ko‘mak davlat budjetini qo‘shimcha mablag‘ bilan ta’minlaydi.

 So‘nggi yillarda respublikada qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Concrete

Avval xabar qilinganidek, 20 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha Vitse-prezidenti Siril Myuller yuqori darajadagi davlat mukofoti "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandi. Bu uning kasbiy faoliyati va, eng avvalo, mamlakatimiz va yirik xalqaro moliya instituti o'rtasidagi hamkorlikni sezilarli darajada mustahkamlaganining e'tirofiga aylandi.

Concrete

 Keng raqobat – taraqqiyot garovidir. 

 Tadbirkorlarning keng qamrovini ta’minlash imkoniyatini yaratish maqsadida, xabaringiz bor Moliya vazirligining tegishli buyruqlari bilan “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi hamda “Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati to‘g‘risida”gi nizomlarga tender va tanlov savdolarini elektron tarzda amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi.

 VASHINGTON shahri, 24 Aprel, 2020 yil – Jahon banki koronavirus pandemiyasining (COVID-19) O'zbekiston fuqarolarining salomatligi va farovonligiga ta'sirini yumshatish bo'yicha favqulodda choralarni qo'llab-quvvatlash uchun $95 mln moliyalashtirish dasturini tasdiqladi. Loyiha mablag'lari milliy sog'liqni saqlash tizimini yaxshilashga, shuningdek, pandemiya keltirib chiqargan iqtisodiy inqirozdan aziyat chekkan kam ta'minlangan va himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo'llab-quvvatlashga sarflanadi.

Joriy yilning 15 martidan boshlab koronavirusga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha yurtimizda joriy etilgan karantin davrida respublikadagi barcha ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlar singari suv ta’minoti korxonalari xam kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilgan holda faoliyat yuritishmoqda.
Buning natijasida yurtimizdagi barcha iste’molchilar, shu jumladan aholi uzluksiz ravishda ichimlik suvi bilan ta’minlanib kelinmoqda.

Davlat xaridlari tizimini doimiy ravishda takomillashtirib borish, davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali inson omili aralashuvini kamaytirish bugungi kunda soxadagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Concrete

 “Chegarasiz muhbirlar” (Reporters Without Borders) tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Jahon matbuot erkinligi” indeksining 2020 yil uchun hisobotida O‘zbekiston 180 ta mamlakat orasidan 156 o‘rinni egalladi. 

Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (19.03.2020 yildagi PF-5969-son) va «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (3.04.2020 yildagi PF-5978-son) Farmonlari karantin choralarining murakkab sharoitlarida tadbirkorlik sub’ektlarini ko‘p tomonlama qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. 

Koronavirusning dunyo va Oʻzbekiston iqtisodiyotiga taʼsiri, ishsizlik, kambagʻallik, inflyatsiya, devalvatsiya va boshqa koʻplab masalalar haqida suhbatlashildi. Suhbat davomida Oʻzbekiston hukumati koronavirusning iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytirish borasidagi qabul qilinayotgan chora tadbirlarga alohida toʻxtalib oʻtilgan.

 

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 323 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!