РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

  • MOLIYA VAZIRI VA OSIYO TARAQQIYOT BANKI (OTB) VITSE-PREZIDENTI UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

    MOLIYA VAZIRI VA OSIYO TARAQQIYOT BANKI (OTB) VITSE-PREZIDENTI UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TOMONIDAN “BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTLARI VA ICHKI NAZORAT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI” MAVZUSIDA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TOMONIDAN “BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTLARI VA ICHKI NAZORAT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOL…

    Batafsil...
  • «UZASBO» VA «DMBAT» DASTURIY MAJMUALARIDA UCHROVCHI SAVOLLARGA JAVOB BERISHDA KO’MAKLASHUVCHI “TEZKOR ALOQA” MARKAZI ISHGA TUSHIRILGANLIGI TO’G’RISIDA E’LON

    «UZASBO» VA «DMBAT» DASTURIY MAJMUALARIDA UCHROVCHI SAVOLLARGA JAVOB BERISHDA KO’MAKLASHUVCHI “TEZKOR ALOQA” MARKAZI ISHGA TUSHIRILG…

    Batafsil...
  • O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI VA ISLOM TARAQQIYOT BANKI (ITB) HAMKORLIK REJALARI

    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI VA ISLOM TARAQQIYOT BANKI (ITB) HAMKORLIK REJALARI

    Batafsil...
  • "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI: IPOTEKA BOZORINI RIVOJLANTIRISH DASTURI" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

    Batafsil...
  • "FUQAROLAR UCHUN BYUDJET 2018"

    Batafsil...
  • O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI QABULXONASINING TELEFON RAQAMI

    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI QABULXONASINING TELEFON RAQAMI

    Batafsil...
  • Byudjet tashkilotlari va moliya organlari foydalanuvchilari uchun ma'lumot!

    BYUDJET TASHKILOTLARI VA MOLIYA ORGANLARI FOYDALANUVCHILARI UCHUN MA'LUMOT!

    Batafsil...
  • IQTISOD VA MOLIYA SOHALARIDA AQSH VA O’ZBEKISTON MUNOSABATLARINING MUSTAXKAMLANISHI

    IQTISOD VA MOLIYA SOHALARIDA AQSH VA O’ZBEKISTON MUNOSABATLARINING MUSTAXKAMLANISHI

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGINING ISHONCH TELEFONI O'ZGATIRILDI

    MOLIYA VAZIRLIGINING ISHONCH TELEFONI O'ZGATIRILDI

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGIDAGI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTLARI VA XALQARO MOLIYA INSTITUTLARINING VAKILLARI BILAN YIG'ILISH YAKUNLARI BO'YICHA MATBUOT-RELIZI

    MOLIYA VAZIRLIGIDAGI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTLARI VA XALQARO MOLIYA INSTITUTLARINING VAKILLARI BILAN YIG'ILISH YAKUNLARI BO'YICHA M…

    Batafsil...
  • MOLIYA VAZIRLIGIDA BO'LIB O'TGAN MAJLISD BO`YICHA IQTISODIY TARAQQIYOT VAZIRI MAKSIM ORESHKIN BOSHCHILIGIDAGI ROSSIYA FEDERATSIYASI DELEGATSIYASI

    MOLIYA VAZIRLIGIDA BO'LIB O'TGAN MAJLISD BO`YICHA IQTISODIY TARAQQIYOT VAZIRI MAKSIM ORESHKIN BOSHCHILIGIDAGI ROSSIYA FEDERATSIYASI…

    Batafsil...
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOSH VAZIR O’RINBOSARI – MOLIYA VAZIRI JAMSHID QO’CHQOROVNING ROSSIYA FEDERATSIYASI IQTISODIY RIVOJLANISH VAZIRINING O’RINBOSARI – ROSREESTR RAHBARI VIKTORIYA ABRAMCHENKO BILAN UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOSH VAZIR O’RINBOSARI – MOLIYA VAZIRI JAMSHID QO’CHQOROVNING ROSSIYA FEDERATSIYASI IQTISODIY RIVOJLA…

    Batafsil...
  • AUDITORLAR, BUXGALTERLAR VA SOLIQ MASLAHATCHILARINING NODAVLAT JAMOAT TASHKILOTLARI VAKILLARI BILAN OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

    AUDITORLAR, BUXGALTERLAR VA SOLIQ MASLAHATCHILARINING NODAVLAT JAMOAT TASHKILOTLARI VAKILLARI BILAN OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

    Batafsil...
  • “INSON KAPITALI – IQTISODIY RIVOJLANISHNING JADAL SAMARALI OMILI SIFATIDA” MAVZUSIDAGI “DAVRA SUHBATINING” PRESS-RELIZI

    “INSON KAPITALI – IQTISODIY RIVOJLANISHNING JADAL SAMARALI OMILI SIFATIDA” MAVZUSIDAGI “DAVRA SUHBATINING” PRESS-RELIZI

    Batafsil...

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida” 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-sonli qarori qabul qilindi va unga muvofiq:

a) 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab bazaviy tarif stavkalari:

boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun 1,1 baravarga;

yuqori sinf o’qituvchilari uchun o’rtacha 1,24 baravargacha;

direktor, uning o’rinbosarlari, axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravarga oshirildi.

Concrete

Joriy yilning 19-sentabrida O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri, Moliya vaziri o’rinbosari va Osiyo Taraqqiyot banki (OTB) Vitse-prezidenti uchrashuvi bo’lib o’tdi. 

Uchrashuvda hozirda olib borilayotgan turli sohalardagi islohotlar va shu kungacha erishilgan natijalar batafsil bayon qilindi.
 
Mazkur islohotlarning asosiy maqsadi davlatning umumiy iqtisodiy ahvolini yaxshilanishini olib keladigan raqobatbardosh va xorijiy investorlarni  jalb qiladigan muhit yaratishdadir. O’z o’rnida, har bir insonning qilayotgan mehnatiga munosib mukofot olishini ta’minlashdan iboratligi ta’kidlandi. 

Concrete

O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunida belgilangan vazifalarning samarali ijrosini, shuningdek, davlat va jamiyat hayoti faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarning o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida 2017-2018 yillarga mo’ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Davlat dasturi doirasida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi tomonidan joriy yilning 21 sentyabr kuni “Moliyaviy nazorat institutlari, ichki va tashqi auditni yanada mustahkamlash bo’yicha kompleks choralarni amalga oshirishda amaliy o’qitishni kengaytirish hamda ularni korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha chora-tadbirlarda ishtirokini faollashtirish” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Concrete

2018 yil 21 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan buxgalterlar va auditorlar professional hamjamiyati, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillari ishtirokida amaliy seminar o’tkazildi.

Amaliy seminarning asosiy maqsadi bo’lib buxgalteriya hisobining milliy standartlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bilan yanada uyg’unlashtirish, chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobini takomillashtirish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ichki nazoratni tashkil qilishning dolzarb masalalarini muhokama qilish bo’ldi.

Concrete

Byudjet tashkilotlari va moliya organlari foydalanuvchilari uchun ma'lumot!

"UzASBO" va "DMBAT" dasturiy majmualarida buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog'liq byudjet tashkilotlari va moliya organlarining murojaatlarini tezkorlik bilan ko'rib chiqish va tezlashtirish yuzasidan, shuningdek, xizmatlar sifatini oshirish maqsadida, 2018 yil 21 sentabrdan  Moliya vazirligining Axborot hisoblash markazi telefon raqami orqali (0- 371) 239-15-62 «Tezkor aloqa» markazi (Call-center) o’z ishini boshladi.

"UzASBO" dasturiy majmuasi va "DMBAT" dasturiy majmualarida hisob yuritish va hisobotlarni shakllantirish bo’yicha savollar yuzaga kelgan hollarda hamda Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazi faoliyati bilan bog’liq boshqa masalalar yuzasidan "Tezkor aloqa"ga (Call markaz)ga murojaat qilish mumkin. 

«Tezkor aloqa» markazi telefon raqamlari 24 soat davomida unga kelib tushayotgan murojaatlar uchun faol tarzda bo’lib, Moliya vazirlirgi AXM mutaxassislari bilan dam olish kunlaridan tashqari, ish kunlarida soat 9-00 dan 18-00 ga qadar bog’lab beradilar. Tushlik vaqti soat 13-00 dan 14-00 ga qadar. 

Hurmat bilan, Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazi ma’muriyati.
 

Respublikada bozor islohotlarini demokratlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlarining keskin rivojlanishi hozirgi davr va ish jamoatchiligining zamonaviy talablarini hisobga olgan holda mamlakatimizda auditni yanada rivojlantirish zaruratini keltirib chiqardi.

Ta’kidlash lozimki, davlat siyosatini tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan auditorlik faoliyatini faol rivojlantirishni qo’llab quvvatlashga qaratilgan.

Buning natijasi o’laroq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori bilan auditorilk faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari belgilandi.

Concrete

Davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish sohasidagi islohotlarni amalga oshirish doirasida Jahon banki va Moliya vazirligi tomonidan 30,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi institutsional salohiyatni oshirish loyihasi ishlab chiqilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 avgustdagi № PQ–3917 “Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida Moliya vazirligiga O’zbekiston Respublikasida (PEFAG’PIFA) davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik metodologiyasi me’zonlari asosida davlat moliyasini boshqarishning samaradorligini baholashni o’tkazish choralarini ko’rish topshirilgan.

Concrete

Moliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov va ITB Guruhi hamda Arab muvofiqlashtiruvchi guruhi (AMG) delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

ITB prezidenti mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuqori baho berdi.

Concrete

“O’z bilim va tajribalarimning ona yurtimda amalga oshirilayotgan islohotlar uchun foydali bo’lishi, albatta, men uchun ulkan baxt!”- Odilbek Isakov

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING 2018 YIL 15-SENTYABRDAGI 302-LS SONLI BUYRUG’IGA ASOSAN ODILBEK RUSTAMOVICH ISAKOV O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING MASLAHATCHISI, MOLIYA VAZIRLIGINING DAVLAT SUVEREN, KORPORATIV (BANK) QARZ MAJBURIYATLARI VA DAVLAT QARZI BOSHQARMASI BOSHLIG’I LAVOZIMIGA TAYINLANDI.

"Xorijda faoliyat yuritayotgan O’zbekistonlik mutaxassislar, ayniqsa men kabi Buyuk Kelajak xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti ekspertlari uchun yurtimizning ildam qadamlar bilan dunyoga ochilayotgani juda quvonarlidir. Vatanimiz ravnaqi yo’lida olib borilayotgan islohotlar jarayonida ishtirok eta olish huquqi menga taqdim etilganligidan juda xursandman.

Davlat moliyasini boshqarishni sohasida moliyaviy resurslarni samarali boshqarish tizimini yanada islox qilish yangi inovatsion g’oyalarni qo’llagan xolda Davlat byudjeti mablag’larini samarali boshqarishni tashkil etish xozirgi kunning muxim ustivor vazifalaridan biridir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yilning aprelida Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida Moskva shaxrida imzolangan Rossiya Federal G’aznachiligi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o’rtasida texnik hamkorlik Memorandumi imzolangan.

Ushbu memorandum doirasida Davlat byudjeti daromad va xarajatlarini kassali rejalashtirishni tartibga solish masalari bo’yicha yo’l xaritasi ishlab chiqilib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan.

Concrete

Byudjet tashkilotlari va moliya organlari foydalanuvchilari uchun ma'lumot!

"UzASBO" va "DMBAT" dasturiy majmualarida hisob yuritish va hisobotlarni shakillantirish tizimini takomillashtirish hamda Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazi ma’sul xodimlari ma’suliyatlarini yanada oshirish bilan bog’liq byudjet tashkilotlari va moliya organlari murojaatlari va savollarini zudlik bilan ko’rib chiqish maqsadida, "Tezkor aloqa" (Call markaz) ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

"UzASBO" dasturiy majmuasi va "DMBAT" dasturiy majmualarida hisob yuritish va hisobotlarni shakillantirish bo’yicha savollar yuzaga kelgan xollarda hamda Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazi faoliyati bilan bog’liq boshqa masalalar yuzasidan "Tezkor aloqa"ga (Call markaz)ga murojaat qilish mumkin. 

Concrete

Joriy yilning 14-sentabrida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Osiyo Taraqqiyot Banki tadqiqi ostida "O'zbekiston: ipoteka bozori rivojlanish dasturi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Turar joy bilan ta’minlash O'zbekiston uchun asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi, davlat siyosati esa yashash joy uchun  (byudjet va byudjetdan tashqari) investitsiya, shuningdek, davlat va xususiy investitsiyalarning barqaror oʻsishini ta’minlashga yoʻnaltirilgan.

Concrete

Hozirgi kunda, shaxsiy moliyaviy xavfsizlikni ta'minlash odamlarning iqtisodiy farovonligining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Moliya sohasidagi bilim va ko’nikmalardagi yetishmovchiliklar, bozordagi har xil hodisalarni no’to’g’ri baholashga va ulani yuzaga kelishiga olib keladi, shuningdek, nafaqat moliyaviy xizmatlar iste'molchilari, balki butun bir davlatda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlarga olib keladi. Byudjet siyosatining asosiy vazifalaridan biri byudjet jarayonining oshkoraligi va ochiqligini ta'minlashdan iborat. Ogoh qilish uchun va bunday muammolarni bartaraf etish maqsadida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan aholining moliyaviy savodxonligini oshirish uchun ilk bora “Fuqarolar uchun byudjet 2018" nomli kitob chop etildi va jamoat uchun ochiq domenda taqdim etildi. 

Byudjetni shakllantirish va uni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishda ishtirok etish, ko'proq odamlarni jalb qilish maqsadida Moliya vazirligi universitetlar, mahallalar, shifoxonalar va boshqa joylarda ko'plab tadbirlarni o'tkazishni rejalashtirgan. Mutaxassislar o’z oldilariga, texnik byudjet raqamlari va murakkab terminlarni professional tildan oddiy fuqarolar uchun mavjud bo'lgan, tushunarli tilga o’zgartirishni, shuningdek, ular uchun eng muhim va foydali axborotni tanlashni, asosiy maqsadlari sifatida qo’yishdi.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, UzASBO dasturiy majmuasida byudjet tashkilotlari rahbar xodimlari uchun elektron xujjatlarni tasdiqlash va monitoring qilish imkonini beruvchi modul ishga tushirildi.

Endilikda to'lov xujjatlari g'aznachilik bo'linmalariga elektron tarzda faqatgina byudjet tashkiloti rahbari tasdig'idan so'ng yuboriladi. 

Concrete

Shu yilning 12-sentabrida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Bosh vazir o’rinbosari - Moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov va AQSh davlat kotibi yordamchisining iqtisod va biznes bo’yicha birinchi o’rinbosari Brayan MakFiters o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda AQShning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor  elchisi Pamela Spratlen,  iqtisod va biznes ishlari bo’yicha  Byuro xodimi Yan Sheridan, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri Botir Xo’jayev hamda  boshqa vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etdilar. 

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10-sentyabrdagi 3938-sonli qaroriga asosan Sultanov Dilshod Shuxratovich O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi boshlig’i - vazir o’rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Dilshod Sultanov 1980 yilda tug’ilgan, ma’lumoti oliy, iqtisodchi. 2002 yilda Toshkent temir yo’llari va transport institutini tamomlagan.

Moliya vazirligi tizimida ish faoliyatini 2003 yildan boshlagan. 2003-2012 yillar mobaynida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Soliq siyosati boshqarmasi bosh iqtisodchisi, bo’limi boshlig’i o’rinbosari, bo’lim boshlig’i. 2013-2017 yillarda Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi boshlig’i, Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi direktori lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.

2017 yilning sentyabr oyidan xozirgi kungacha Dilshod Sultanov O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlagan.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida axborot-tahlil ishlari samaradorligini oshirish, tarkibiy tuzilmalar o’rtasida axborot almashinuvi jarayonini muvofiqlashtirish, shuningdek jamoatchilik bilan ishlash va ma’lumotlar ochiqligini ta’minlash darajisini yanada ko’tarish maqasadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida O’zbekiston Respublika Moliya vazirligining Muvofiqlashtirish va axborot-taxlil Departamenti tashkil etildi.  Departament boshlig’i lavozimiga  Adilov Mirkomil tayinlandi. 

Adilov Mirkomil Miralimovich 1986 yilda to’g’ilgan. Ma’lumoti oliy. 2011-2016 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasih xuzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, boshqarma boshligi; 2016-2017 yillar mobaynida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar  markazi direktori o’rinbosari; 2018 yil Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda byudjet tashkilotlartning moliya-hisob bo’linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O’quv markazi direktori lavozimlarida ishlagan.

O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 287-sonli buyrug’iga asosan Azamat Shuxratovich Fazilov O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi  moliya organlari va byudjet tashkilotlarining moliya-xisob bo’linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O’quv markazi direktori lavomiziga tayinlandi.

Azamat  Shuxratovich  Fazilov 1980-yilda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2001-2004 yil Samarqand viloyati hokimligining moliya boshqarmasi byudjet bo’limida 1-toifali iqtisodchi, bosh iqtisodchi; 2008-2011yillarda Moliya vazirligi  G’aznachilik Amaliyot boshqarmasining Mudofaa idoralari tashkilotlarining yuridik va to’lovlarni amalga oshirish bo’limi boshlig’i; 2017-2018 yillarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig’i lavozimlarida ishlagan.  

Auditor malaka sertifikatini olish (uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2018 yil 10 sentyabrdagi buyrug’iga asosan 2018 yilning 4-5 oktyabr kunlarida (imtihon boshlanishi 2018 yil 4 oktyabr, soat 10:00da) Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi binosida (manzil: Toshkent shahri, Bodomzor yuli ko’chasi, 1A-uy) o’tkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi da’vogarlar qo’yildi:

I.Sh. I.Sh.
1. Karimov Shavkatbek 18. Badina Raisa
2. Aripov Xabibullo 19. Bayburina Venera
3. Gaipova Zoya 20. Xakimov Faxriddin
4. Parmanov Murodjon 21. Raxmanov Jamshid
5. Zinnurov Mansurjan 22. Kim Marina
6. Gaybulloev Muxidillo 23. Maxmudov Kaxramon
7. Perepelova Marina 24. Buronova Shoira
8. Klimachev Andrey 25. Agafonova Irina
9. Berdiev Feruz 26. Yulchiev Abror
10. Asaturov Grigoriy 27. Xujakulov Azamat
11. Axmedov Nodir 28. Norkobilov Abdigaffar
12. Ermatov Akmaljon 29. Botirov Abdulla
13. Suyundikova Gulnora 30. Shergoziev Sarvar
14. Karimov Ilxom 31. Abdukarimov Davronbek
15. Toshboltaev Azim 32. Shokarimova Umida
16. Alimjonov Shomurod 33. Muxitdinov Dilshod
17. Raxmanov Kamoliddin 34. Sharipov Nuriddin
    35. Volosina Nadejda

 

05.09.2018 yil holatiga

mln. so’m

Hududlar nomi

Joriy yilning avgust oyida to’lab berilgan jami ijtimoiy nafaqalar

Hammasi

126 553,2

1

 Qoraqalpog’iston Respublikasi

14 302,2

2

 Andijon viloyati

11 241,9

3

 Buxoro viloyati

5 938,6

4

 Jizzax viloyati

7 171,1

5

 Kashqadaryo viloyati

19 298,9

6

 Navoiy viloyati

3 164,6

7

 Namangan viloyati

13 267,7

8

 Samarqand viloyati

16 596,9

9

 Surxondaryo viloyati

11 831,0

10

 Sirdaryo viloyati

3 076,3

11

 Toshkent viloyati

3 058,6

12

 Farg’ona viloyati

10 444,6

13

 Xorazm viloyati

6 969,8

14

 Toshkent shahri

191,1

Hududlar nomi

Joriy yilning avgust oyi
2-yarmi ish haqi uchun amalga oshirilgan to’lovlar %da 

Hammasi

100%

1

 Qoraqalpog’iston Respublikasi

100%

2

 Andijon viloyati

100%

3

 Buxoro viloyati

100%

4

 Jizzax viloyati

100%

5

 Kashqadaryo viloyati

100%

6

 Navoiy viloyati

100%

7

 Namangan viloyati

100%

8

 Samarqand viloyati

100%

9

 Surxondaryo viloyati

100%

10

 Sirdaryo viloyati

100%

11

 Toshkent viloyati

100%

12

 Farg’ona viloyati

100%

13

 Xorazm viloyati

100%

*Joriy yilning 5 sentyabr holatiga byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqi to’lovlarining amalga oshirilishi bo’yicha g’aznachilik bo’linmalariga kelib tushgan barcha talabnomalar asosida tegishli tijorat banklariga mablag’lar to’liq o’tkazib berildi.

Concrete

Moliya vazirligining ISHONCH TELEFONI IP telefoniya tizimiga o'tilishi munosabati bilan (71) 200-50-50 raqamidan  (71) 203-00-50 raqamiga o'zgartirildi. 

Concrete

Moliya vazirligida yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari va iqtisod sohasidagi oliy o'quv yurtlarining  rahbarlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Shu jumladan, ushbu yig’ilishga Jahon banki hamda Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislari, respublikamizning taniqli olimlari, iqtisodchilari va boshqa xalqaro tashkilotlar taklif etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorlikda “Moliya bozori va moliya xizmatlari sohasini yanada rivojlantirishning dolzarb muammolari va istiqbollari: milliy amaliyot va xalqaro tajriba” mavzuida xalqaro davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda senatorlar, xorijiy va milliy ekspertlar, mutasaddi vazirlik hamda idoralar, tijorat banklari vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Concrete

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vaziri Oreshkin Maksim Stanislavovich boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Yig'ilishda ikki mamlakatning vazirligi va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Koʻrsatkichlar

Soni, kishi

1.    Malaka imtihoniga qoʻyilgan daʼvogarlar, jami

47

shulardan kelmaganlar

7

2.    Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar 

6

3.    Malaka imtihonidan o’tmaganlar

34

4.    Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo’lgan  auditorlarning auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati malaka imtihonini topshirmasdan uzaytirilganlar

 

-

Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazi tomonidan “UzASBO” DMda amalga oshirilayotgan yangiliklarni tushuntirish bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Andijon, Farg’ona, Navoi, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro va Xorazm viloyatlarining tumanlarida seminar-treninglar o’tkazildi.

Axborot hisoblash markazi mutaxassislari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo’shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko’chirish to’g’risida”gi Farmoni ijrosini “UzASBO” DMda qo’llash tartibi qay yo’sinda amalga oshirilishi kerakligi bo’yicha taqdimot o’tkazildi. Shuningdek, byudjet tashkilotlari hisobvaraqlar rejasiga kiritiladigan o’zgarishlar bo’yicha ham taqdimot o’tkazildi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 avgustdagi 5512-sonli “Qurbon hayitini nishonlash to`g`risida”gi farmoniga asosan UzASBO dasturida quyidagi o`zgarishlar kiritildi.

1. 21 avgust  kuni Qurbon hayiti kuni deb belgilandi;

2. 22 avgust kuni dam olish kuni deb belgilandi;

3. 24 avgust kuni ish kuni deb belgilandi;

Farmon bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin: http://lex.uz/pdfs/3865569

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 iyuldagi PQ-3877-son “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi”ning vakant lavozimlariga e’lon qilingan tanlov jarayonining barcha bosqichlari nihoyasiga etdi.

Tanlov to’rt bosqichda amalga oshirildi va 26 iyuldan to 14 avgustgacha davom etdi. Tanlovda 68 dan ziyod O’zbekistonlik va eng asosiysi chet-elda nufuzli moliya idoralarida mehnat qilayotgan O’zbekiston fuqarolarining qatnashganligi e’tiborga loyiq bo’ldi. Iqtisodiy (makro/mikroiqtisodiyot) bilim, analitik tahlil qila olish qobiliyati, kredit reytinglarini tushunish, axborot texnologiyalarida bemalol foydlana olish, yangicha fikrlash, ishlash va qarorlarni qabul qila olish, shuningdek ingliz tilini mukammal bilish tanlovnining asosiy talabi bo’ldi desak mubolag’a buo’lmaydi.

Concrete

Joriy yilning 14 avgust kuni Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasining Bosh vazir o’rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo’chqorovning Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirining o’rinbosari – Rosreestr rahbari Viktoriya Abramchenko bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi

Uchrashuv konstruktiv suhbat formatida bo’lib o’tib, unda Rossiyalik ekspert guruhi tomonidan o’rganishlar natijalari asosida O’zbekiston Respublikasida mavjud joriy kadastr tizimining muammoli masalalari muhokama etildi.

Byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan buzulishi holatlarini oldini olishga qaratilgan masofaviy nazorat o’tkazib borishni ta’minlash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi PQ-3231-son “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 870-sonli qaror bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to’g’risidagi nizomidan kelib chiqib, Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va hududiy davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari tomonidan masofaviy nazorat o’tkazish tartibi ishlab chiqildi hamda Moliya vazirining 2018 yil 10 avgustdagi 135-sonli buyrug’i bilan masofaviy nazorat o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomi tasdiqlandi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va hududiy davlat moliyaviy nazorat boshqarmalari tomonidan 2018 yil 10 avgustdagi 135-sonli masofaviy nazorat o’tkazish tartibi to’g’risidagi NIZOM (PDF 0.23MB)
 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun mo‘ljallangan “UzASBO” dasturiy majmuasida byudjet tashkiloti hisobchilari tomonidan berilgan ba’zi munozarali savollarga aniqliklar kiritish hamda muammoli savollarga o‘z vaqtida javoblar berish va tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazi tomonidan 2018 yilning 15 avgustidan hududlarga chiqqan holda seminarlar o‘tkaziladi. Seminarlarda quyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratiladi:

Concrete

2018 yil 10 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tashabbusi bilan auditorlar, buxgalterlar va soliq maslahatchilarining nodavlat jamoat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi va unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-son “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi to’g’risida”gi Farmonini samarali amalga oshirishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Concrete

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar Strategiyasini amalga oshirishda, inson kapitalini rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishda, mamlakat aholisining yanada yaxshi sharoitlarini yaratishda, hamda raqobatbardoshlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

2018 yilning 9 avgust kuni Moliya vazirligida “Inson kapitali – iqtisodiy rivojlanishning jadal samarali omili sifatida” mavzusining taqdimoti va muhokamasi Jahon Banki, Osiyo taraqqiyot banki, BMT rivojlanish Dasturi, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va Taraqqiyot strategiyasi markazining, hamda mustaqil ekspertlar va jamoatchilik vakillari bilan ochiq munozara shaklida bo’lib o’tdi. 

01.08.2018 yil holatiga

mln. so’m

 

Hududlar nomi

Joriy yilning iyul oyida to’lab berilgan jami ijtimoiy nafaqalar

 
 

Xammasi

125 624,8

 

1

Qoraqalpog’iston Respublikasi

13 843,2

 

2

Andijon viloyati

11 015,7

 

3

Buxoro viloyati

5 848,9

 

4

Jizzah viloyati

7 136,8

 

5

Qashqadaryo viloyati

19 151,6

 

6

Navoiy viloyati

3 154,2

 

7

Namangan viloyati

13 328,0

 

8

Samarqand viloyati

16 647,7

 

9

Surxondaryo viloyati

11 772,9

 

10

Sirdaryo viloyati

3 047,9

 

11

Toshkent viloyati

3 120,7

 

12

Farg’ona viloyati

10 338,0

 

13

Xorazm viloyati

7 031,8

 

14

Toshkent shahri

187,5

 

Concrete

Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi - B.Nurmurodov, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari - N.Sharipov, hamda boshqa vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdilar.

"Men, mamlakatingizda tez sur’atlarda yuz berayotgan, samarali o’zgarishlarni, sarmoyadorlar bilan uchrashganimda har doim misol tariqasida keltiraman. Ayniqsa, mamlakatingizni “Doing Business” reytingida 13 pog’onaga ko’tarilishi, sizning to'g'ri strategiyani qo’llayotganingizning yorqin misolidir. Men 16 oy oldin, kelishuvlarimizning amalga oshirilish ishonchi bilan O'zbekistondan ilk marotaba ketdim. Bugun esa buning guvohi bo’lib turibman. Biz O'zbekistonning deyarli barcha sohalaridagi o'zgarishlarda mamlakat sa'y-harakatlarini qadrlaymiz. Ular bizni ilhomlantirib, siz bilan uzoq muddatli va o'zaro manfaatli hamkorlikni rejalashtirishimizga yo’l ochmoqda", - deb tomonlar hamkorligini davom ettirishga tayyor ekanligini janob Suma Chakrabarti bildirdi.

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil etishda axborot texnologiyalarini joriy qilish ustuvor yo‘nalish deb belgilangan.

O‘tgan davr mobaynida pensiya va nafaqalarni to‘g‘ri tayinlanishi va to‘lanishi bo‘yicha joylarda o‘tkazilgan tekshirishlarda ko‘plab hollarda hujjatlarni soxtalashtirish, mehnat staji va oylik ish haqlarini oshirib ko‘rsatish, pochta va bank xodimlari tomonidan mablag‘larni o‘zlashtirish hamda boshqa holatlar natijasida ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Ushbu holatlarni bartaraf etish, pensiya va nafaqalarni tayinlash hamda to‘lash jarayonida inson omilini kamaytirish, ortiqcha vaqt sarfi hamda fuqarolarning ovoragarchiliklarini kamaytirish maqsadida 3,3 mln.dan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona bazasini o‘z ichiga olgan “Pensiya” dasturiy majmuasi ishlab chiqilgan.

Concrete

Moliya vazirligida “O’zbekiston Respublikasida davlat-xususiy sherikchiligi” mavzusida Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining (ETTB) vakillari bilan birgalikda davra suhbati o’tkazildi.  

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi “O’zbekiston xavo yo’llari” MAK va Savdo-sanoat palatasining  mas’ul xodimlari ishtirok etdilar. 

Concrete

Ijtimoiy tarmoqlarda “General Motors Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning narxini oshganligi munosabati bilan bog’liq turli muhokamalar munosabati bilan Moliya vazirligi ma’lum qiladi:

Barchamizga ma’lumki, so’nggi yillarda respublikamizda iqtisodiyotni liberallashtirish bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda hamda buning elementlari sifatida valyuta bozorini, tarif va narx siyosatini erkinlashtirish va boshqalarni keltirib o’tish mumkin.

Concrete

 

Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vaziri – Bahodir Yusupov va “O’zbekoziqovqatxolding” AJ raisi – Toxirjon Jalilov ishtirok etishdi. 

Concrete

Tomonlar O'zbekiston iqtisodiyotining yanada rivojlantirish istiqbollariga qaratilgan masalalarga asosiy e'tiborni ajratdilar. 

Janob A.Eger tomonidan valyuta bozori va savdoning erkinlashtiruvi, hamda O'zbekistonning chegaralarini ochilishi, 2018 yilning birinchi yarmida eksport va importning prognoz ko'rsatkichlarini sezilarli darajada oshishiga olib kelgani ta'kidlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3574-son «Paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2018 yil 28 fevraldagi qaroridan kelib chiqib, qishloq xo’jaligida va fermer xo’jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash, bozor munosabatlarini keng joriy etish, o’zaro hisob-kitob mexanizmlarini takomillashtirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi va ularga xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash hamda fermer xo’jaliklarida hisob tizimi va bank xizmatlarini ko’rsatilishini yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi “Fermer xo’jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari ko’rsatishni takomillashtirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3824-sonli qarori qabul qilindi.

Concrete

Joriy yilning 27 iyul kuni Moliya vazirligida “Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi” loyihasini amalga oshirish doirasida 300 mln. AQSh dollari miqdorida zayom Bitimi imzolandi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 iyuldagi PQ-3877-son “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda mazkur qarorga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida tashkil etilgan Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasining - “Xalqaro reyting agentliklari, moliya va yuridik konsultantlar bilan o’zaro munosabatlar” bo’limi, “Statistik va makroiqtisodiy axborotlar bilan ishlash” bo’limi va “Davlat qarzi hisobi va hisoboti” bo’limlarining quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi:

Boshqarma boshlig’i – 1 nafar;
Boshqarma boshlig’i o’rinbosari - bo’lim boshlig’i  – 1 nafar;
Bo’lim boshlig’i  – 2 nafar;
Bo’lim boshlig’i o’rinbosari  – 3 nafar;
Bosh mutaxassis – 6 nafar;                                 
Etakchi mutaxassis – 3 nafar.        
     

Auditor malaka sertifikatini olish (uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2018 yil 23 iyuldagi buyrug’iga asosan 2018 yilning 16-17 avgust kunlarida (imtihon boshlanishi 2018 yil 16 avgust, soat 10:00da) Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi binosida (manzil: Toshkent shahri, Bodomzor yuli ko’chasi, 1A-uy) o’tkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi da’vogarlar qo’yildi:
 

F.I. F.I.
1. Kadirov Djamshed 25. Allayarov Azat
2. Abdullaev Abdumalik 26. Toshtemirov Farrux
3. Karimov Sarvarxon 27. Gaybulloev Muxidillo
4. Mamatov Xoshimxuja 28. Jabbarov Kamoliddin
5. Jumankulov Voxid 29. Klimachev Andrey
6. Ermolenko Anjelika 30. Saidov Jamol
7. Baxromov Sherxon 31. Razzakov Ulugbek
8. Arutyunov Aleksandr 32. Tilavov Ulashboy
9. Talipov Doniyor 33. Nasurlaeva Elvira
10. Allanazarov Abdugaffor 34. Xamrakulova Diana
11. Tadjibaev Ilxamjan 35. Jovliev Mustofa
12. Toshboboev Anvar 36. Ochilov Olmos
13. Yunusov Maxamadyunus 37. Perepelova Marina
14. Xudayberganov Bekzod 38. Kurbonova Nafisa
15. Tuxtasinov Nodirxon 39. Xasanova Ziyoda
16. Grigoryants Karina 40. Bobomurodov Gafur
17. Asaturov Grigoriy 41. Xasanov Bobirmirzo
18. Axmedov Nodir 42. Muxitdinov Dilshod
19. Pak Oleg 43. Sharipov Nuriddin
20. Ermatov Akmaljon 44. Sharipov Yuldash
21. Sattikulova Shaxnoza 45. Yarashev Orif
22. Atoullaev A’zamjon 46. Berdiev Feruz
23. Raxmanov Kamoliddin 47. Shadmanova Iroda
24. Muxammadiev Abduvaxob    

 

Concrete

“Biz O’zbekistonda bo’lib o’tayotgan yangiliklar va o’zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib bormoqdamiz”. Ta’kidlash joizki, juda ko’p yangiliklar bo’lib o’tayotgan islohotlar bilan uzviy bo’g’liq.

Mamlakat hayotidagi deyarli barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamika – atrofdagi barchani qiziqtirib, katta taasurot uyg’otib kelmoqda. Siz juda kuchli va keng qamrovli  islohotlar dasturini boshladingiz. Biz esa o’z navbatida, sizga ushbu ishlarni har tomonlama amalga oshirishda yordam berish va hamkorlik qilish uchun tayyormiz.”  Shu haqida Jahon Bankining makroiqtisodiy amaliyot, savdo va sarmoyalar bo’yicha menedjeri – Sandip Maxadjan janoblari uchrashuv davomida aytib o’tdi. 

Davlatimiz rahbari muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar va Davlat byudjetiga oid qabul qilinayotgan Farmon va Qarorlarining ijrosini ta’minlanishi hamda Moliya vazirligining davlat byudjeti mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi sarflanishi borasida ko’rilayotgan chora-tadbirlari o’z natijasini bermoqda. 

O’zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to’g’risida”gi Qonuni orqali davlat xaridlari elektron tizimi tashkil etildi. Xususan, elektron do’kon va boshlang’ich narxni pasaytirishga qaratilgan auktsion kabi davlat xaridlarida ishtirok etish uchun buyurtmachilar hisob-kitob-kliring palatasidagi hisobvaraqlariga avans to’lovlarini o’tkazishlari shartliligi belgilab qo’yildi. Byudjet buyurtmachilarining hisob-kitoblarini tashkil etish, shartnoma bo’yicha majburiyatlari bajarilishini hisobini yuritish va ta’minlanishi maqsadida O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasiga tegishli g’azna hisobvaraqlar ochildi. Byudjet tashkilotlarga qulayli yaratish maqsadida Moliya vazirligi axborot tizimi (UzASBO DM) orqali mazkur shaxsiy g’azna hisobvaraqlarga to’lovlar (g’azna memorial orderlari asosida) to’liq elektron shaklga o’tkazildi.

Moliya vazirligining markaziy apparati vakant lavozimlari ro'yxati bilan quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin "Fuqarolar uchun xizmatlar - Bo'sh ish o'rinlari".

Concrete

Joriy yilning 3-5 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori Yo.E.Tursunov boshchiligidagi vakillari Qirg‘iziston Respublikasining poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi.

Konferensiyada nufuzli xalqaro ijtimoiy institutlar, jumladan, Pensiya va ijtimoiy jamg‘armalar Xalqaro Assotsiatsiyasi (MAPSF), Ijtimoiy ta’minot Xalqaro Assotsiatsiyasi (MASO), Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi (EEK) hamda Gruziya, Moldaviya, Qirg‘iziston, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikiston mamlakatlarining ijtimoiy soha va pensiya ta’minotiga oid tashkilotlar vakillari qatnashdilar. 

Koʻrsatkichlar

Soni, kishi

1.    Malaka imtixoniga qoʻyilgan daʼvogarlar, jami

37

shulardan kelmaganlar

11

2.    Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar 

16

3.    Malaka imtihonidan oʻtmaganlar

9

4.    Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlgan  auditorlarning auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati malaka imtihonini topshirmasdan uzaytirilganlar

1

Moliya vazirligi G’aznachiligi tizimida gumanitar yordam va texnik ko’mak vositalarining hisobini yuritishning o’ziga xos hususiyatlari quyidagilardan iborat:

- G’aznachilik tizimi faoliyatida zamonaviy axborot-texnologiyalari keng joriy etilgan bo’lib, byudjet tashkilotlari va g’aznachilik o’rtasidagi o’zaro elektron ma’lumotlar almashinuvi imkoniyati yaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2018 yil 15 maydagi 185-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risida”gi (AV №3016, 26.05.2018 y.) nizomning  5-bandida buyurtmachi va ishtirokchilar hisob-kitob-kliring palatasidagi shaxsiy hisobvaraqlariga avans to’lovlarini kiritganlaridan so’ng elektron davlat xaridlariga qo’yilishi belgilangan.

Agentlikning 2018 yil 29 iyundagi 01G’12-1-2561-sonli xatida byudjet buyurtmachilari tomonidan shaxsiy kabinet orqali auktsion o’tkazilishi to’g’risidagi e’lon joylashtirilgandan yoki elektron do’konda ishtirokchining ofertasi tanlanganidan so’ng portalning zarur bo’ladigan avans to’lovi summasi haqidagi ma’lumoti asosida 1 (bir) ish kuni mobaynida byudjet buyurtmachilari tomonidan Operatorning maxsus hisobraqamiga avans mablag’lari o’tkazilishi ta’minlash lozimligi qayd etilgan. 

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018 yilning 1-yarim yilida Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o’tkazildi.

O’tkazilgan jami 2 837 ta nazorat tadbirlaridan 2 334 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag’lar 279,2 mlrd.so’mni, shundan kamomad va o’zlashtirishlar 35,9 mlrd.so’mni, noqonuniy xarajatlar 122,6 mlrd.so’mni va Moliya vazirligi huzuridagi jamg’armalar mablag’lari hisobidan maqsadsiz ishlatilgan mablag’lar 120,7 mlrd.so’mni tashkil etdi.

Nazorat tadbirlarini o’tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko’rsatmalarga asosan aniqlangan 56,8 mlrd.so’m miqdoridagi noto’g’ri sarflangan mablag’lar belgilangan tartibda tiklanishi taʼminlandi hamda 1 547 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

2018 yil 12 iyulda, Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasining Bosh vazir o`rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo'chqorov Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo`yicha vitse-prezidenti Siril Myuller o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Yig'ilishning boshida tomonlar O'zbekiston Respublikasi hukumati va Jahon banki o'rtasida 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi islohotlarni qo'llab-quvvatlash uchun kredit mablag'larini ajratish to'g'risida kelishuvni imzoladilar.

Concrete

2018 yil 13 iyul, Toshkent shahri, EOAVA Media Xoll,“Zarafshon”
“FUQOROLAR UCHUN BYUDJET 2018”MATBUOT ANJUMANI
Matbuot axboroti

Joriy yilning 13 iyul kuni Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi BMTning Taraqqiyot dasturi, Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi va “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi bilan hamkorlikda birinchi marta chop etilayotgan “Fuqarolar uchun byudjet”nashriga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Matbuot anjumanida vazirliklar, idoralar, O’zbekistondagi xorijiy davlatlar vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirok etdi.

Concrete

Moliya vazirligida Bosh vazir o'rinbosari, Moliya vaziri - Jamshid Kuchkarov va "Veolia" kompaniyalari guruhi Vitse-prezidenti Malika Genduriya va boshqa vakillar ishtirokida muzokaralar o'tkazdi.

Concrete

Vil Savelevich 1937 yilda tavallud topgan boʻlib, umrining 35 yili Moliya vazirligi tizimi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan. O'z faoliyatini 1961 yildan boshlab, oddiy nazoratchi-taftishi lavozimidan vazir oʻrinbosarigacha lavozimlarda ishlagan. Mustaqilligimizning ilk kunlarida Moliya vaziri oʻrinbosari, keyinchalik Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimlarida samarali mehnat qilgan va koʻpgina shogirdlar yetishtirgan moliyachi hisoblanadi. Mehnat Shuxrati medali bilan taqdirlangan.

Moliya vazirligi 
Axborot xizmati

 

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2018 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 689 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2018 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!