Ochiq ma'lumotlar portali

Moliya vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashining funksiyalari

Moliya vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashining funksiyalari

Moliya vazirligining faoliyatiga doir masalalar yuzasilan fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati bosqka institutlarining tashabbuslari hamda murojaatlarini ko'rib chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularni ko'rib chiqish natijalari bo’yicha Moliya vazirligiga tegishli takliflar kiritadi;

Moliya vazirligining fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o'zaro hamkorligini tahlil qiladi, shuningdek, hamkorlikni takomillashtirish yuzasilan takliflar ishlab chiqadi;

Moliya vazirligi faoliyatiga taalluqli uning normativ-huquqiy xujjatlari va qarorlarini takomillashtirish, ulardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan takliflarni mazkur vazirlik va hududiy moliya organlari xodimlari o'rtasida muhokama qilishga bag'ishlangan tadbirlarni tashkil etishda qatnashadi;

Davlat dasturlari loyihalarini, tadbirlar rejalarini va Moliya vazirligi faoliyatiga taalluqli, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish to'grisidagi boshqa hujjatlarni ishlab chiqish yuzasilan takliflar tayyorlaydi, qabul qilingan dasturlarni amalga oshirishda vakolatlari doirasida ishtirok etadi, bajarilgan ishlarning samaradorligini tahlil kiladi, shuningdek, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasilan takliflar tayyorlaydi;

Moliya vazirligi rahbarlari va xodimlarinnng fuqarolar bilan uchrashuvlarini, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko'rib chiqish bilan bog'liq ishlarni tashkil etishda, shu jumladan joylarga borib tashkil etishda qatnashadi. ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring o'tkazadi;

Moliya vazirligi tizimida ishlovchi xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtmoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam ko'rsatshi sharoitlarini yaxshilashda, shuningdek, ishdan bo'shatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish muammolarini hal etishda ko'maklashadi;

Moliya vazirligida, uning hududiy bo'linmalarida va tasarrufidagi tashkilotlarida ishlovchi xodimlar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish masalalari bo’yicha davlat organi xodimlari o'rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil qiladi;

Moliya vazirligida, uning hududiy bo'linmalarida va tasarrufidagi tashkilotlarida sog'lom ishchanlik muhitini rivojlantirish, qonuniylikni, yuksak huquqiy madaniyat va axloqiylikni ta'minlash, xodimlarda Vatanga sodiqlik ruhini va qonunlarga bo'lgan hurmatni kuchaytirish, ularni ijtimoiy, siyosiy, ruhiy va ma'naniy-ma'rifiy kamol toptirish, shuningdek. mazkur sohadagi ilmiy- ma’rifiy va o'quv adabiyotlarini takomillashtirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi;

Mamlakatda va xorijda keng jamoatchilikni davlat organi faoliyatini isloh qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar haqida muntazam ravishda xabardor qilishni ta'minlaydi hamda mavjud muammolarni hal qilish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasilan takliflar ishlab chiqadi;

Moliya vazirligi faoliyatiga bag'ishlangan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarini tashkil etishda ishtirok etadi;

Moliya vazirligi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish bo’yicha bajarilayotgan ishlarning natijalarini tahlil qiladi, ularning samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasilan takliflar ishlab chiqadi;

O'ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.

Moliya vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari

Moliya vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari:

 

Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy xujjatlarda. Qarorlarda, shuningdek, davlat tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikrini hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun xujjatlari talablari ijrosnni ta'minlash, Moliya vazirligiga yuklangan hamda ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxl qiluvchi vazifalar va funksiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini ko'rsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni ro'yobga chiqarish bo'yicha Moliya vazirligi va uning tarkibiy bo'linmalari mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

Birgalikda muloqot qilish, Moliya vazirligining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta'minlash uchun vazirlik va hududiy moliya organlarini fuqarolar bilan bog'lab turadigan “kuprik” rolini bajarish;

Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan Moliya vazirligi faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik so'rovlar o'tkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan xolda o'tkazish;

Moliya vazirligining faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlil o'tkazish, shuningdek, ularning natijalari bo'yicha takliflar tayyorlash;

Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati to'grisida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

Moliya vazirligi va uning tarkibiy bo'linmalari va tashkilotlarining faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart- sharoitlarni o'rganish va ularni yaxshilash bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

Moliya vazirligining faoliyati bo'yicha fuqarolar o'rtasida o'tkaziladigan tushuntirish ishlari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorlignni oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

Moliya vazirligi tizimida ishlovchi xodimlari va ular oilalarinnng uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam ko'rsatish sharoitlarini, shuningdek, ishtan bo'shatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish bo'yicha muammolarni kompleks tahlil qilish hamda tahlil yakunlari bo'yicha mazkur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -99 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -46 foydalanuvchi
5 - ball -668 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi