Ресурсы сайта

O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish departamenti Hududiy sho‘ybalari xodimlari haqida ma'lumot

Масъул шахс

Вилоят

Шаҳар телефон рақами

Юридик манзил

1

Оразбаев Адилбек Кеулимжаевич, Тажимуратов  Нурлыбек  Жалгасбаевич

Қорақалпоғистон Республикаси

(94) 145-89-89

Қорақалпоқ Республикаси Нукус шаҳри А.Темур кўчаси 112 А уй

2

Насиров Авазбек Кабилжанович

Андижон вилояти

(74) 223-21-37

Андижон вилояти Андижон шаҳри А.Навоий кўчаси 126 уй

3

Бозоров Жавоҳир Рустам ўғли, Усмонов Шоҳижахон Шуҳрат ўғли

Бухоро вилояти

(94) 546-44-00

Бухоро вилояти Бухоро шаҳри И.Каримов кўчаси 10 уй

4

Шункаров Мухиддин Худойқулович, Бутаев Даврон Зокиржонович

Жиззах вилояти

(97) 325 39 00

Жиззах вилояти Жиззах шаҳри Ш.Рашидов кўчаси 362 уй

5

Рўзиқулов Самариддин Зиёдуллаевич

Қашқадарё вилояти

(75) 225-01-97

Қашқадарё вилояти Қарши шаҳри А.Темур кўчаси 43 уй

6

Алимов Рашид Гаффорович, Аминов Актам Маманазарович

Навоий вилояти

(99) 685-83-65

Навоий вилояти Навоий шаҳри А.Темур кўчаси 4 уй

7

Холматов Комил Анваржонович, Кабиров Шохрух Илхом ўғли

Наманган вилояти

(99) 987-37-48

Наманган вилояти Наманган  шаҳри А.Навоий кўчаси 72 уй

8

Жўлматов Норбой Алибоевич

Самарқанд вилояти

(66) 233-16-49

Самарқанд вилояти Самарқанд шаҳри Кўксарой майдони 10 қават 22-23 уй

9

Искандаров Эрик Идильевич

Сурхондарё вилояти

(76) 223-01-43

Сурхондарё вилояти Термиз шаҳри М.Кошкари кўчаси 36 А уй

10

Исаев Музаффар Мансурович

Сирдарё вилояти

(67) 226-53-14

Сирдарё вилояти Гулистон шаҳри Ўзбекистон шох кўчаси 3 уй

11

Пардаев Аловуддин Фарход ўғли

Тошкент вилояти

(71) 203-01-07

Тошкент шаҳри Мустақиллик шох кўчаси 107 уй

12

Кенжаев Мақсуджон Рахматжанович

Фарғона вилояти

(73) 244-36-46

Фарғона вилояти Фарғона шаҳри А.Навоий кўчаси 17 уй

13

Бекчанов Ойбек Норметович

Хоразм вилояти

(62) 223-08-50

Хоразм вилояти Урганч шаҳри Ал-Хоразмий кўчаси 335 уй

14

Тўраев Жаҳонгир Шухрат ўғли

Тошкент шаҳри

(71) 203-01-07

Тошкент шаҳри Мустақиллик шох кўчаси 107 уй

Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini ro‘yxatga olish bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i: Ten Yevgeniya Vyacheslavovna
Qabul kuni: Chorshanba soat 16:00 – 18:00. Telefon raqami: 71 203-01-15

Bo‘limning asosiy vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasi hududida emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatiga olish;
- qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reestrini tuzish va yuritish.

Bo‘lim vazifalari va funksiyalari:

  • qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorlarni davlat ro‘yxatiga oladi;
  • davlat ro‘yxatiga olingan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reestrini tuzadi va yuritadi;
  • Respublika hududida davlat ro‘yxatiga olingan va bekor qilingan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlari soni va hajmi to‘g‘risida choraklik, yarim yillik, yillik hisobotlarni va boshqa ma'lumotlarni tayyorlaydi;
  • qimmatli qog‘ozlar bozorida samarali faoliyat ko‘rsatishni ta'minlovchi me'yoriy - huquqiy hujjatlarni ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
  • qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi hamda qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarorlarni davlat ro‘yxatiga olish bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun belgilangan miqdordagi yig‘imni Vazirlikning maxsus hisob raqamiga o‘z vaqtida kelib tushishiga javob beradi;
  • Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha jahon amaliyotini tahlil qilish hamda takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga takliflar kiritadi.

Investorlar bilan munosabatlar

Kapital bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini lisenziyalash bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i: vakant
Qabul kunlari: Juma soat 10:00 -11:00
Telefon raqami: 71 203-01-17

Departamentning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va Departamentning kapital bozori professional ishtirokchilari, fond birjalari, lotereyalar tashkil etish faoliyatlarini lisenziyalash, muvofiqlashtirish va ularning reestrini yuritish vazifalarini bajaradi. 

Bo‘lim vazifalari va funksiyalari:

  • qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat, fond birjalarining faoliyati, shuningdek lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni lisenziyalash va ularning reestrini yuritish;
  • qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat, fond birjalarining faoliyati, lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni takomillashtirilishi bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va ularga asosan ushbu faoliyatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • kapital bozori professional faoliyatini lisenziyalash sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish va tartibini belgilash.

 

 

Kapital bozori hududiy ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi

Boshqarma boshlig‘i: Ismoilova Dilnoza Sayfullaevna
Qabul kunlari:Seshanba Payshanba 16.00 - 18.00
Telefon raqami: (71) 203-01-07
Elektron mazili:  Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

BOShQARMANING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

  • Respublikada kapital bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda Departamentning hududiy vakillari faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
  • Hududiy ishtirokchilar bilan hamkorlikda investorlar va qimmatli qog‘ozlar egalarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish;
  • hududiy vakillarning hududdagi davlat boshqaruv organlari, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda ular bo‘yicha ijro etish majburiy bo‘lgan xulosalar va ko‘rsatmalar berish, qonun buzuvchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq tegishli choralar qo‘llanilishini muvofiqlashtirib nazoratini olib borish; 
  • Boshqarma va uning hududiy vakillari tomonidan hududlardagi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional va boshqa qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • kapital bozorini rivojlantirish buyicha idoraviy me'yoriy-xuquqiy xujjatlar loyihalarini, dasturlar, tadbirlar rejalari, «yul xaritalari» va boshqa xujjatlarni ishlab chiqilishida hamda ularni samarali amalga oshirilishida ishtirok etishi;
  • kapital bozorini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatinining samarali amalga oshirilishi, shu jumladan shaffoflik, maqsadga muvofiqlik, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik tamoyillariga rioya etish va aholining moliyaviy savodhonligini oshirish yuzasidan turli yig‘ilishlar, o‘quv seminarlari, davra suhbatlari, konferensiyalar va uchrashuvlar o‘tkazishda ishtirok etish;
  • Boshqarma va uning hududiy vakillari tomonidan Kapital bozorining ahvoli va uning ishtirokchilari to‘g‘risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etilishida ishtirok etish;
  • davlat organlari va qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan Departamentnig xududiy vakillari xatti-xarakatlari ustidan kelib tushgan ariza va murojaatlari ko‘rib chiqishda ishtirok etish va o‘rganish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlar va materiallarni olish, shuningdek mazkur hujjatlarni Departamentning tegishli boshqarmalari bilan birgalikda o‘rganib chiqishda ishtirok etish;
  • kapital bozori hududiy ishtirokchilari tomonidan o‘rnatilgan tartibda yillik va choraklik hisobotlar hamda muhim faktlarni taqdim etib borilishi, Departament tomonidan yuborilgan yozma va og‘zaki murojaatlarni hududiy ishtirokchilar tomonidan o‘z vaqtida, to‘laqonli va tezkor ko‘rib chiqilishi va javob taqdim etib borilishini tashkil etish va nazorat qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati, Moliya vazirligi va Departament rahbariyati tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Kapital bozori ishtirokchilarini nazorat qilish va himoyalash bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i:  Djurayev A’lamjon Eshmuratovich
Qabul kunlari: Dushanba, juma, 16.00 - 18.00 
Telefon raqami: (71) 203-01-16
Elektron pochta: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. 

Kapital bozori ishtirokchilarini nazorat qilish va himoyalash bo‘limi Departamentning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Bo‘lim qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarininng shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirayotgan investorlarning shuningdek, qimmatli qog‘ozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta'minlash vazifalarini bajaradi

Bo‘lim vazifa va funksiyalari

  • qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan investorlar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta'minlash;
  • qimmatli qog‘ozlar bozori hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • kapital bozori ishtirokchilari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi faktlarini aniqlash;
  • aniqlangan qonunbuzish holatlari bo‘yicha Vazirlikning o‘z vaqtida munosabat bildirishi va ularni bartaraf etish choralarini ta'minlash.
     

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • emitentlar, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari va kapital bozorining boshqa ishtirokchilari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori va lotereyalar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish;
  • investorlar va qimmatli qog‘ozlar egalarining jamiyatni boshqarishda qatnashish, dividendlar olishdagi huquq va manfaatlarini himoya qilish choralarni ko‘rish;
  • aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar buzilganda, qonunchilikka muvofiq chora ko‘rish;
  • aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish hamda lotereyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlanganda, kapital bozori barcha ishtirokchilari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan komissiya xulosalari hamda ko‘rsatmalarini tayyorlash; 
  • qimmatli qog‘ozlar bozori va lotereyalar sohasidagi professional ishtirokchilar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarning sabablari va sharoitlarini o‘rganish;
  • Vazirlikning Kapital bozorini tartibga soladigan sohasini himoya qilish va ishonchliligini oshirish usullarini ishlab chiqish;
  • vijdonsiz kontragentlar bilan bitim tuzilishining oldini olish maqsadida qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari, kontragentlar va Vazirlikning Kapital bozori sohasidagi manfaatlariga doir rasmiy va maxfiy ma'lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilish;
  • axborotni muhofaza qilish ishlarini amalga oshirish;
  • Vazirlik, «FBARM» DUK, Markaziy Depozitariy, “Toshkent” RFB hamda qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanadigan boshqa birjalarning texnik vositalari hamda xonalaridagi cheklangan doira uchun mo‘ljallangan ma'lumotlarning chiqib ketish yo‘llarini aniqlash hamda ularni bartaraf etishni tashkillashtirish;
  • bo‘lim faoliyatiga daxldor normativ-huquqiy aktlar hamda boshqa hujjatlar loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • kapital bozori ishtirokchilari faoliyatini nazorat qilish sohasida jahon amaliyoti va O‘zbekiston Respublikasidagi ahvolni tahlil qilish hamda investorlar, jumladan, qimmatli qog‘ozlar egalari huquqlarini himoya qilishni takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga takliflar kiritish;
  • qimmatli qog‘ozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari, aksiyadorlar huquqini muhofaza qilish va lotereyalar sohasidagi professional ishtirokchilar tomonidan qonun buzilishlarining oldini olish va ular yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • kapital bozori ishtirokchilari (emitentlar, ro‘yxatdan o‘tgan qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari, lotereya  tashkilotchilari, Markaziy depozitariy va  Fond birjalari)ning noqonuniy xatti-harakatlari bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Подкатегории

Подкатегории

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -99 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -46 foydalanuvchi
5 - ball -668 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi