XALQARO MOLIYAVIY MUNOSABATLAR BOSH BOSHQARMASI

BOSH BOSHQARMA BOSHLIG’I

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
•    iqtisodiyot, moliya, bank va shunga yaqin yo’nalishlarda hamda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo’lish;
•    tashkilot ish jarayonlarini muvofiqlashtirishning yangicha va samarali yondashuvlarini, xorij ilg’or tajribalarini qo’llagan holda axborot-tahlil ishlarini tashkillashtirish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish;
•    jamoani bir maqsadga yo’naltira olish, o’z qarashlarini himoya qila olish va boshqaruv qarorlarini to’g’ri va tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo’lish;
•    xodimlarni tanlash, ularni bir maqsad sari yo’naltira olish va ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish qobiliyatiga ega bo’lish; 

Vazifalar:
1. Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik, ular bilan o’zaro munosabatlar, shuningdek, xalqaro bozorlar tahlili va monitoringi jarayonini tashkillashtirish, ijrosini ta’minlash va nazoratini ta’minlashning huquqiy asoslarini bilish va ularni takomillashtirib borish yuzasidan doimiy ravishda takliflar tayyorlash;
2. Ish jarayoni samaradorligini oshirish va natijaviyligini ta’minlash bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
3. Bosh boshqarma va vazirlik boshqarmalari bilan o’zaro hamkorlikda faoliyatini ta’minlash;
4. Sohaga oid ma’lumotlar bazasini tuzish, uning doimiy yangilanib borilishi ustidan tizimli monitoringini tashkil etish, hisobotlarini tuzish va ularning ochiqligini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
5. Vazirlik va xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar jarayonini muvofiqlashtirish, hamkorlik yo’nalishlari va joriy holati yuzasidan ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish;
6. Zarur hollarda jamoatchilik oldida chiqishlar qilish va ommaviy axborot vositalariga intervyular berish; 
7. Talabchanlik, konstruktiv tanqid qilishni bilish, hamkasblar fikrini inobatga olish, manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqaradigan muammoli vaziyatlarni o’z vaqtida aniqlash va hal qilish;
8. Lavozimga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -102 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -47 foydalanuvchi
5 - ball -702 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi