IJTIMOIY SOHA VA FANNI MOLIYALASHTIRISH 
BOSH BOSHQARMASI

OLIY TA’LIM MUASSASALARI VA FANNI MOLIYALASHTIRISH BO’LIMI BOSH IQTISODCHISI LAVOZIMIGA


Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:

•    iqtisodiyot, moliya, bank va shunga yaqin yo’nalishlarda hamda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo’lish. Yosh va iqtidorli bitiruvchilarini qo’llab quvvatlash maqsadida istisno tariqasida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari safidan mazkur lavozimga - tahlil qilish va fikrlash qobiliyati yuqori, makroiqtisodiyot, iqtisodiy nazariya, matematika va ekonometrikani yaxshi biladigan nomzodlar hujjatlari ko’rib chiqiladi;
•    Byudjet, Soliq va Bojxona kodekslarini, shuningdek, vazirlik sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar normalarini bilish, axborot ta’minoti va tashkiliy-tahliliy ishlarini sifatli amalga oshirish, yangicha va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo’lish;
•    Nazariya bilan amaliyotni bog’lash ko’nikmalariga ega bo’lish, asoslangan tahliliy materiallarni tayyorlash va himoya qila olish;
•    Jamoada ishlash, o’z qarashlarini himoya qila olish;

Vazifalar:
1. Ijtimoiy soha, xususan oliy ta’lim muassasalarini moliyaviy ta’minoti yuzasidan tashkiliy-tahliliy ishlarni amalga oshirish, zarur moliyaviy, iqtisodiy va sohaga oid boshqa axborotlarni yig’ish, mahalliy va xalqaro bozorlar tahlilini amalga oshirish va bu jarayonning uslubiy va huquqiy asoslarini bilish, bo’lim faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
2. Topshirilgan topshiriqlar ijrosi natijaviyligini ta’minlash;
3. Vazirlik boshqarmalari bilan o’zaro hamkorlikda ishlash;
4. Sohaga oid ma’lumotlar bazasini tuzish, uning doimiy yangilanib borilishi ta’minlash;
5. Lavozimga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -102 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -47 foydalanuvchi
5 - ball -702 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi