BYUDJETNI TUZISH VA G’AZNACHILIK IJROSI, ICHKI AUDIT VA MOLIYAVIY NAZORAT USLUBIYOTI BOSHQARMASI

Bosh boshqarma boshlig'i o’rinbosari - byudjetni tuzish va g’aznachilik ijrosi, ichki audit va moliyaviy nazorat uslubiyoti boshqarmasi boshlig’i

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:


• Iqtisodiyot, moliya, soliq, sug’urta, bank, buxgalteriya hisobi va audit sohalarida yoki shunga o’xshash yo’nalishlarda kamida 5 yillik ish tajribaga ega bo’lish;
• Kompyuter savodxonligi bo’yicha - Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish;
• Moliya, bank, audit va shunga yaqin yo’nalishlarda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat olib boruvchi nomzodlar qo’llab-quvvatlanadilar.
• Byudjet hisobi, moliyaviy nazorat va audit uslubiyoti masalalari bo’yicha yuqori darajada bilimlarga ega bo’lish;
• Davlat boshqaruvi va xo’jalik organlarida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.

Vazifalar:

1. Muvofiqlashtirish va axborot-tahlil ishlarini, shuningdek, xalqaro bozorlar tahlili va monitoringi jarayonini tashkillashtirish, ijrosini ta’minlash va nazoratini ta’minlashning huquqiy asoslarini bilish va ularni takomillashtirib borish yuzasidan doimiy ravishda takliflar tayyorlash;
2. Ish jarayoni samaradorligini oshirish va natijaviyligini ta’minlash bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
3. Departament va vazirlik boshqarmalari bilan o’zaro hamkorlikda faoliyatini ta’minlash;
4. Sohaga oid ma’lumotlar bazasini tuzish, uning doimiy yangilanib borilishi ustidan tizimli monitoringini tashkil etish, hisobotlarini tuzish va ularning ochiqligini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni oshirish;
5. Vazirlik va xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar jarayonini muvofiqlashtirish, hamkorlik yo’nalishlari va joriy holati yuzasidan ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish;
6. Zarur hollarda jamoatchilik oldida chiqishlar qilish va ommaviy axborot vositalariga intervyular berish; 
7. Talabchanlik, konstruktiv tanqid qilishni bilish, hamkasblar fikrini inobatga olish, manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqaradigan muammoli vaziyatlarni o’z vaqtida aniqlash va hal qilish;
8. Lavozimga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.
 

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -102 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -47 foydalanuvchi
5 - ball -702 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi