BYUDJET SIYOSATI VA KONSOLIDATSIYALASHGAN 
BYUDJETNI SHAKLLANTIRISH BO’LIMI

Bo’lim boshlig’i o’rinbosari
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

• Iqtisodiyot, moliya, bank sohalarida yoki shunga o’xshash yo’nalishlarda kamida 3 yillik ish tajribaga ega bo’lish;
• Kompyuter savodxonligi bo’yicha - Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish;
• Moliya, bank, iqtisodiyot, shuningdek, oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat olib boruvchi va ingliz tilini mukammal biladigan nomzodlarga afzalliklar beriladi.

Vazifalar:

1. Byudjet siyosatini ishlab chiqish va konsolidatsiyalashgan byudjet hisobi va hisobotini tuzish, uning ijrosini monitoring qilish, takomillashtirish bo’yicha tegishli takliflar tayyorlash;
2. Vazirlik tarkibiy bo’linmalari tomonidan kiritilgan davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosini umumlashtirish, byudjetnomani tegishli organlarga belgilangan muddatlarda kiritish, byudjet sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash;
3. Byudjetlarni shakllantirish va foydalanish tartiblari bo’yicha xalqaro amaliyotdan andozalar olgan holda takliflar tayyorlash va rahbariyatga kiritib borish;
4. Boshqarma rahbariyati va bo’lim boshlig’i tomonidan berilgan bo’lim faoliyatiga taalluqli boshqa vazifalarni bajarish;
5. Lavozimga mos boshqa talablar.
 

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -102 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -47 foydalanuvchi
5 - ball -702 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi