DAVLAT BYUDJETI BOSH BOSHQARMASI

BOSH BOSHQARMA BOSHLIG’INING BIRINCHI O’RINBOSARI 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

• Iqtisodiyot, moliya, bank sohalarida yoki shunga o’xshash yo’nalishlarda kamida 5 yillik ish tajribaga ega bo’lish;
• Makroiqtisodiyot, iqtisodiy nazariyani bilish va iqtisodiy tahlil qila olish malakasiga ega bo’lish;
• Kompyuter savodxonligi bo’yicha - Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish;
• Byudjet tizimi byudjetlari bilan ishlash bo’yicha zarur bilimlar va yuqori malakaga egaligi.

Vazifalar:

1. O’zbekiston Respublikasi Byudjet qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
2. Davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqilishini tashkil etish bo’yicha yuqori darajada bilimga ega bo’lish;
3. Iqtisodiy islohotlar bilan birgalikda davlat byudjeti daromadlari tuzilishini takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash;
4. Davlat boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Davlat byudjeti, jumladan, mahalliy byudjetlar daromadlarining qo’shimcha rezerv manbalarini yaratish, daromadlar bazasini mustahkamlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
5. Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi (yillik, choraklik) hisobotlarni tayyorlash, moliyaviy hisobotlarga tushuntirishlar berish va uni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish;
6. Respublikadagi makroiqtisodiy holat va o’zgarishlarni hamda xalqaro moliya bozorlaridagi vaziyatni aks ettiruvchi ko’rsatkichlar bilan ishlay olish, tahlil qilish va sharhlash;
7. Davlat moliyaviy ko’rsatkichlari bo’yicha xalqaro reyting ko’rsatkichlari bo’yicha axborotlarni tayyorlash, xalqaro moliyaviy tashkilotlar (jumladan, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg’armasi va boshqalar) bilan hamkorlik qilish;
8. Boshqarma xodimlarining malakasini oshirish, ularning samarali va natijaviy faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda jamoaviy ish olib borish;
9. Lavozimga mos boshqa talablar.
 

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -102 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -47 foydalanuvchi
5 - ball -702 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi