1.       Moliya, iqtisodiyot, soliq va bank yo‘nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar rag‘batlantiriladi);

2.       Ingliz va o’zbek tillarini mukammal bilish (IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ma’qullanadilar);

3.       Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini bilishi;

4.       Mehnatsevarlik va o’z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish;

5.       Professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan qarash;

6.       Muomala va muzokara madaniyati;

7.       O'z fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish qobiliyati.

Tanlov jarayoni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 14 iyundagi «Kadrlar zaxirasini tashkillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 108-sonli buyrug‘ida tasdiqlangan tartib-qoidalar asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar quyida keltirilgan elektron manzil orqali ingliz va o’zbek tillaridagi ma'lumotnomalarini (CV word shaklida) topshirishlari lozim hamda qisqacha nima uchun shu lavozimda ishlash istagi borligi to’g’risida insho yozib jo’natishlari (o’zbek va ingliz tillarida) zarurdir (CV namunasi ilova qilinadi). Ishchi guruhi tomonidan CV va yozilgan insholar o'rganib chiqiladi va talablarga javob bergan nomzodlar keyingi bosqichga o‘tganliklari haqida hamda suhbatga etib kelishlari to‘g‘risida habar beriladi.

2-bosqich: Ikkinchi bosqichga o‘tgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida o‘zbek va ingliz tillarida suhbat o‘tkaziladi. Suhbat natijasi ball tizimi bo'yicha baholanadi (eng yuqori 10, eng past 1 ball) bunda komissiyaning har bir a'zosi suhbat natijasi bo'yicha nomzodlarga ball qo'yib chiqadi.

3-bosqich: Komissiya 2 bosqichdan o'tgan nomzodlarning ballarini ko'rib chiqib, 3 kun muddatda nomzodlarga tanlov natijalari to'g'risida ma'lumot berilishini ta'minlaydi.

Barcha xujjatlarni Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadrlar bo‘limiga Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishingiz so’raladi.

Bog‘lanish uchun (+99871) 239-46-70 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

NOMZODLAR ANKETALARNI YUBORISHDA ALBATTA O’Z TELEFON RAQAMLARINI KO‘RSATISHLARI HAMDA INSHOLARIDA ALBATTA QAYSI BOSHQARMA VA BO’LIMDA HAMDA LAVOZIMDA ISHLASH ISTAKLARINI ANIQ KO‘RSATIB O’TISHLARI LOZIM AKS HOLDA ANKETALAR KO’RIB CHIQILMAYDI !!!

Batafsil ma'lumotni yuklab olish: PDF 0.239KB

Found a typo? Please select it and press Ctrl + Enter.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -102 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -47 foydalanuvchi
5 - ball -702 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi