РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunini mazmun va mohiyatini tushuntirish boʻyicha videoseminar boʻlib oʻtdi

23
Okt 2017
1790 marta ko'rildi

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunini mazmun va mohiyatini tushuntirish boʻyicha videoseminar boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 3 oktyabr kuni Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi tomonidan Moliya vazirligi Gʻaznachiligi binosining majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining yangi tahriri mazmun va mohiyatini tushuntirish boʻyicha videokonferentsiya seminari oʻtkazildi.

Videokonferentsiya seminarida Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Moliya Bosh boshqarmalari, Gʻaznachilik boshqarmalari, Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining  xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari - Gʻaznachilik boshligʻi Dilshod Neʼmatovich Sattarov ochib berdi.

Mazkur videokonferentsiya seminarini tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad moliya idoralari xodimlariga  Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun va mohiyatini, unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini oʻtkazish maqsad qilindi.

Seminarda oʻz maʼruzasi bilan qatnashgan Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Shavkat Gafurovich Bafoyev Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi” Qonuni hamda unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.
        
Tadbir soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislardan atroflicha javob  olishdi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 25 Oktyabr 2017 15:47

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 874 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!