РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

PRESS RELIZ: 2017 yilning 29 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi binosining katta majlislar zalida Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi tomonidan videoseminar oʻtkazildi

31
Dek 2017
492 marta ko'rildi

PRESS RELIZ: 2017 yilning 29 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi binosining katta majlislar zalida Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi tomonidan videoseminar oʻtkazildi

Concrete

2017 yilning 29 dekabr kuni  Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi binosining katta majlislar zalida Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016 yilning 2 martida tasdiqlangan 62-sonli “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi yuzasidan videoseminar oʻtkazildi. 

Mazkur tadbir Moliya vazirligi xodimlari hamda respublikamizning barcha hududlardagi Moliya boshqarmalari xodimlari ishtirokida toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn tarzda  oʻtkazildi.

Mazkur videokonferentsiyani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad   davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, odob-axloq qoidalari, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilish sabablari va sharoitlarini bartaraf etishga  doir masalalarga qaratildi.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari  Dilshod Poʻlatov ochib berdi.

U oʻz soʻzida odob-axloq qoidalariga rioya qilish davlat xizmatchisining kasbiy faoliyati va xizmatdagi xulq-atvorini baholash mezonlaridan biri ekanligi, ularga amal qilmaslik xodimni intizomiy yoki boshqa javobgarlikka tortish uchun asos boʻlib xizmat qilishi shu bilan birga, fuqarolarimizda vatanparvarlik va xizmat burchiga sodiqlik, davlat va jamiyat manfaatlariga sadoqat, adolat, halollik va xolislik hamda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik kasbiy faoliyatning asosiy tamoyili boʻlishi lozimligi toʻgʻrisida videokonferentsiya ishtirokchilariga batafsil maʼlumot berdi. 

Shuningdek, tadbir davomida davlat xizmatchilarining kasbiy odob-axloqining umumiy printsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari boʻyicha zarur maʼlumotlarni taqdim etildi.

Videokonferentsiya davomida Moliya vazirligi Xodimlar boshqarmasi xodimi Zamir Roʻziyev zamonaviy amaliyotda davlat xizmatchilarining mehnatsevarligi,  xushmuomalalik, chuqur mulohazalik, tinglay olish, begʻaraz yordam, buyruq va koʻrsatmalarni oʻz vaqtida bajarish, haqgoʻylik, aniqlik, adolatli qaror chiqarish va shu kabi axloqiy sifatlarga ega boʻlishi lozimligi xaqida  yigʻilganlarga maʼlumot berdi.

Tadbir soʻngida ishtirokchilar bir-birlari bilan oʻzaro fikr almashib oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan  javob olishdi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 17 Yanvar 2018 14:58

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd