РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

HUKUMAT VA FUQAROLIK JAMIYATI VAKILLARI FUQAROLAR UCHUN BYUDJETNI (XALQ BYUDJETINI) SHAKLLANTIRISH KONSEPSIYASINI BIRGALIKDA MUHOKAMA QILDILAR

07
Dek 2017
3059 marta ko'rildi

HUKUMAT VA FUQAROLIK JAMIYATI VAKILLARI FUQAROLAR UCHUN BYUDJETNI (XALQ BYUDJETINI) SHAKLLANTIRISH KONSEPSIYASINI BIRGALIKDA MUHOKAMA QILDILAR

Concrete 2017 yil 4 dekabrda ”Poytaxt” biznes markazida Fuqarolar uchun byudjet (Xalq byudjetini) tayyorlash va chop etish konsepsiyasini muhokama qilishga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Oʻzbekistonda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish doirasida Moliya vazirligining Oʻquv markazi faol ishtirokida oʻtkazildi.

Tadbirda manfaatdor tomonlarning keng doirasini ifodalovchi 60 nafardan ortiq ekspert, shu jumladan Oʻzbekiston Respublkasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, tarmoq vazirliklari va idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar markazi, Bank-moliya akademiyasi va Toshkent moliya instituti, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik fondi, Fuqarolik jamiyatini shakllantirish boʻyicha mustaqil institut, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqalar ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga muvofiq ochiqlik va oshkoralik Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Davlat byudjetini tayyorlash, koʻrib chiqish va qabul qilish tartibotlari,  tasdiqlangan byudjet, davlat maqsadli jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi axborot eʼlon qilinishni va ularning ijrosi     jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini nazarda tutadi.  Ushbu tamoyilning amalga oshirilishi ushbu yilda qabul qilingan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi  va 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan ayniqsa dolzarblik kasb etadi. Yangi tashabbuslar axborotning ochiq boʻlishini va Davlat byudjeti va davlat maqsadli  jamgʻarmalari byudjetlarini koʻrib chiqish, qabul qilish va ijro etish jarayonlarida fuqarolarni jalb etish mexanizmlarini joriy etishni taʼkidlaydi.

 

Moliya vazirining oʻrinbosari – Gʻaznachilik Boshligʻi Dilshod Sattorov oʻzining ochish soʻzida quyidagilarni taʼkidladi: “Oʻzbekiston rahbariyati tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar va chora-tadbirlar davlat boshqaruvi organlari va fuqarolarning oʻzaro hamkorligi mexanizmlarini tubdan oʻzgartirdi. Yangi munosabatlar davlat boshqaruvi organlari bilan fuqarolar oʻrtasidagi muloqot Hukumatga boʻlgan ishonchni oshirishning muhim vositasi ekanligini tushunishga asoslanadi. Bunday muloqot rivojlanib borar ekan fuqarolar hokimiyat organlarining mamlakatni rivojlantirish boʻyicha saʼy-harakatlari va chora-tadbirlarini qoʻllab-quvvatlashga koʻproq moyil boʻladilar, chunki koʻrilayotgan chora-tadbirlar ularning manfaatlariga xizmat qilishini tushunadilar. Fuqarolar bilan muloqotning yoʻlga qoʻyilishi byudjet jarayoni samaradorligi oshishiga koʻmaklashibgina qolmay, balki, eng avvalo, byudjet tizimi, barcha darajalardagi byudjetlar, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari shakllantirilishi va ijro etilishi toʻgʻrisida fuqarolarni keng xabardor qilishni taʼminlaydi. Bu oʻz navbatida olib borilayotgan byudjet siyosatining maqsadi va ustuvorliklarini tushunish darajasini ortishiga hamda byudjetni muhokama qilish va uning ijrosi ustidan nazorat qilishga fuqarolarni jalb etish imkonini beradi”.

BMTTD loyihasi tadqiqotlari koordinatori Viktoriya Anoshkina xonim oʻz taqdimotida xalqaro amaliyotda qabul qilingan standartlar va byudjet maʼlumotlarining ochiqligi, shuningdek nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan fiskal shaffoflikni baholash boʻyicha qoʻllanmalar toʻgʻrisida qisqacha axborot berdi.

Mamlakatimizda davlat moliyasini boshqarish, jumladan byudjet ochiqligini taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlar, byudjet tuzish jarayonida fuqarolar ishtirokini taʼminlash va oshirish haqida Moliya vazirligi Byudjetni tuzish va gʻaznachilik ijrosi, ichki audit va moliyaviy nazorat metodologiyasi boshqarmasi boshligʻi Ismonjon Mamadjanov soʻzlab berdi.

Soʻngra loyihaning milliy konsulьtanti Omonjon Gʻaniyev davra suhbatining mehmonlari va ishtirokchilari eʼtiborini Fuqarolar uchun byudjetni tayyorlash va chop etish konsepsiyasiga qaratdi. U oʻz nutqida “fuqarolik jamiyati”ning asosiy maqsadli guruhlari, uning mazmuni va tuzilmasi, taqdim etish usullari va vositalari, shuningdek eʼlon qilish muddatlari va tarqatish yoʻllari toʻgʻrisida batafsil soʻzlab berdi.

Davra suhbati ishtirokchilari qizgʻin munozaralar davomida oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berish hamda taqdim etilgan hujjat boʻyicha oʻz mulohazalari va takliflarini bildirish imkoniga ega boʻldilar. Muhokama yakunlari boʻyicha qabul qilingan takliflar va tavsiyalar konsepsiyani puxta ishlab chiqishda hisobga olinadi va 2018 yilda tayyorlash rejalashtirilayotgan Fuqarolar uchun byudjetini (Xalq byudjetini) ishlab chiqishda eʼtiborga olinadi.
                                          
****

BMT Taraqqiyot Dasturi  2007 yildan boshlab davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatini qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Byudjetni tayyorlash tizimining samaradorligiga, ishonchliligiga va shaffofligiga erishish masalalariga alohida eʼtibor bergan holda doimiy ravishda salohiyatni yanada oshirish yoʻli bilan davlat moliyasini boshqarish sohasida islohotlarning yangi bosqichga olib chiqishda Oʻzbekiston Hukumatiga koʻmaklashishni taʼminlash BMTTDning “Oʻzbekistonda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilishga koʻmaklashish” qoʻshma loyihasining maqsadi hisoblanadi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 11 Dekabr 2017 17:35

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd