РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HAY’ATINING KENGAYTIRILGAN VIDEOSELEKTOR YIG’ILISHI O’TKAZILDI

13
Fev 2018
590 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HAY’ATINING KENGAYTIRILGAN VIDEOSELEKTOR YIG’ILISHI O’TKAZILDI

Joriy yilning 3 fevral kuni Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hay’atining kengaytirilgan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari-Moliya vaziri J.A.Qo’chqorov olib bordi.

Yig’ilish kun tartibiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2017 yil ijrosi yakunlari hamda 2018 yil Davlat byudjeti parametrlarini so’zsiz bajarilishini ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo’shma yig’ilishida parlamentga 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O’zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Murojaatnomasida berilgan topshiriqlardan kelib chiqadigan moliya tizimi xodimlarining vazifalari muhokama qilindi.

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo’shma yig’ilishida parlamentgaMurojaatnomasidan, shuningdek, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib:

  • barcha biznes toifalari uchun soliq yukini kamaytirish va qulaylashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish;
  • byudjet tizimini qayta ko’rib chiqish, byudjet daromadlari va xarajatlari xalqimiz uchun ochiq va oshkora bo’lishini ta’minlash;
  • hududiy boshqaruv organlarining byudjet mablag’larini shakllantirish, qo’shimcha zaxiralarni yaratish bo’yicha soliq, moliya va iqtisodiyot sohalari organlarining mas’uliyatini oshirish yuzasidan qaror qabul qilinganligi;
  • byudjet tizimini isloh qilish sohasida mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari yanada kengaytirilganligi alohida ta’kidlandi.

Yig’ilish natijasi bo’yicha moliya tizimi xodimlariga:

  • byudjet-soliq siyosatidagi o’zgarishlarni joylarda seminarlar tashkil etish, mahalliy ommaviy axborot vositalarida va internet tarmog’i orqali yoritish orqali barcha xo’jalik yurituvchi va tadbirkorlik sub’ektlariga, byudjet tashkilotlariga, jamoatchilik vakillari va aholiga etkazilishini ta’minlash;
  • hududiy hokimliklar, davlat soliq organlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda byudjetga qo’shimcha daromadlar tushirish yuzasidan “Yo’l xaritasini” ishlab chiqish va mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlash;
  • qo’shimcha daromadlarni, birinchi navbatda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari, Davlat dasturlari hamda Hukumat qarorlari va bayonlarida belgilangan tadbirlar uchun ajratilishini ta’minlash;
  • tizimdagi mavjud vakant lavozimlarni birinchi navbatda moliya tizimida ishlash xohishini bildirayotgan yoshlar orasidan xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, halol, innovatsion g’oya va fikrlarga ega kadrlar bilan to’ldirish yuzasidan topshiriqlar berildi.


Davlat moliyaviy nazorati organlariga:

  • byudjetning shaffofligini ta’minlash va jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida respublika va mahalliy byudjetlardan hamda jamg’armalar hisobidan amalga oshiriladigan barcha loyihalarini, xarajatlar yo’nalishlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini;
  • mahalliy byudjet mablag’lari to’g’ri taqsimotini byudjet tashkilotlari kesimida (maktabgacha ta’lim muassasalarida bola kuniga, tibbiyot muassasalarida o’rin kuniga nisbatan oziq-ovqat va dori-darmon xarajatlarini) o’rganish;
  • bosh boshqarma va hududiy boshqarmalari xodimlarining ish samaradorligini har chorak yakuni bo’yicha baholash, samarasiz faoliyat yuritayotgan, bugungi talabga javob bermaydigan, o’z xizmat vakolatlaridan chiqqan va xizmat vazifasini suiste’mol qilishga yo’l qo’ygan hamda o’zining hatti-xarakati bilan tizim nomiga dog’ tushirgan xodimlarga nisbatan keskin choralar ko’rish;
  • tasdiqlangan ish rejasida belgilangan nazorat tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish topshirildi.

G’aznachilik organlariga:

  • Davlat byudjetidan ish haqi, stipendiyalar, ijtimoiy nafaqalar, pensiya to’lovlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun barcha zaruriy chora tadbirlarni ko’rish;
  • “DMBAT” dasturiy majmuasi orqali Davlat byudjetining hamda byudjetdan tashqari Davlat maqsadli va boshqa jamg’armalarning daromadlari va xarajatlarining g’azna ijrosini amalga oshirish jarayonida dasturiy majmuani, kompyuter texnikalari va tarmoqlarining uzluksiz va to’laqonli ravishda ishlashini hamda ishonchli aloqa tarmog’ining bo’lishini ta’minlash yuklatildi.


Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi organlariga:

  • Pensiya va nafaqalarni tayinlash va qayta hisoblash to’g’risidagi arizalarni qayd etish kitoblarini bekor qilish va ro’yxatga olishning elektron tizimiga o’tkazish choralari ko’rish;
  • vazirliklar va idoralar bilan Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi pensiya ta’minotining yagona idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimini sifatli joriy etilishini yakuniga etkazilishini ta’minlash yuklatildi.

    2018 yil uchun tuzilgan o’quv rejalarini moliya idoralari xodimlariga qo’yilgan talablar asosida respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda qaytadan ko’rib chiqish, o’quv kurslari sifat va natijadorligini yanada oshirish choralarini ko’rish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 13 Fevral 2018 16:03

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!