РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRLIGI BILAN BUXGALTERLIK VA AUDITORLIK KASBI VAKILLARI O’RTASIDA OCHIQ MULOQOT

16
Mart 2018
330 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGI BILAN BUXGALTERLIK VA AUDITORLIK KASBI VAKILLARI O’RTASIDA OCHIQ MULOQOT

2018 yil 9 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari bilan buxgalterlar va auditorlarning professional hamjamiyati vakillari, yirik tashkilotlarning bosh buxgalterlari, auditorlar o’rtasida ochiq muloqot o’tkazildi. Ishtirokchilar bilan uchrashuv do’stona suhbat shaklida o’tkazildi.

Ochiq muloqot davomida buxgalteriya hisobi sohasida hamda auditorlik faoliyatini tartibga solishda davlat siyosatini rivojlantirish yo’nalishlarini aniqlash va ishlab chiqish uchun buxgalterlar va auditorlarning takliflari tinglandi. Uchrashuv ishtirokchilari buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirishning xalqaro tajribalari, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) va auditning xalqaro standartlarini (AXS) joriy qilish amaliyoti bilan o’rtoqlashishdi. Uchrashuv ishtirokchilari korxonalarda ichki audit xizmati holati to’g’risida ma’lumotlar almashishdi.

Moliya vaziri o’rinbosari V.Yu.Pak Moliya vazirligi hamda buxgalterlar va auditorlar professional hamjamiyati o’rtasidagi yaqin hamkorlikni ta’minlaydigan ikki tomonlama dialoglarni o’tkazishning muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, Moliya vaziri o’rinbosari V.Yu.Pak o’zaro manfaatdorlik asosida respublikamizda buxgalteriya hisobi va audit tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha yo’l xaritasi tayyorlashni taklif qildi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 16 Mart 2018 12:25

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 812 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd