РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

2018 YILNING 31 YANVAR KUNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRI J.A. QOʻCHQOROV HUZURIDA ISH HAQI TOʻLOVINI BELGILANGAN MUDDATLARDA TOʻLANISHI AHVOLI YUZASIDAN NAVBATDAN TASHQARI YIGʻILISH BOʻLIB OʻTDI

02
Fev 2018
845 marta ko'rildi

2018 YILNING 31 YANVAR KUNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRI J.A. QOʻCHQOROV HUZURIDA ISH HAQI TOʻLOVINI BELGILANGAN MUDDATLARDA TOʻLANISHI AHVOLI YUZASIDAN NAVBATDAN TASHQARI YIGʻILISH BOʻLIB OʻTDI

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida2018 yilning 31 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov rahbarligida vazir oʻrinbosarlari hamda vazirlikning boshqarma boshliqlari ishtirokida ish haqi toʻlovini belgilangan muddatlarda toʻlanishi yuzasidan navbatdan tashqari yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish davomida joriy yilning yanvar oyida Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga byudjet tashkilotlari ishchilarining ish haqi toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash maqsadida jami 588 mlrd. soʻm miqdorda qisqa muddatli byudjet ssudalari va boshqa mablagʻlar ajratilganligi taʼkidlandi.

Shunday boʻlsa-da, respublikamizning ayrim viloyatlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari xodimlariga 2017 yil dekabr oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqini toʻlash muddatlari belgilangan muddatlarga nisbatan kechikishiga yoʻl qoʻyilgan.

2018 yilning yanvar oyi davomida ish haqini toʻlash muddatlariga rioya etilmaganligi yuzasidan respublikaning turli hududlaridan bir nechta murojaat (shikoyat)lar kelib tushganligini taʼkidlandi. Xususan, Toshkent viloyati Ohangaron tumaninida joylashgan maktabgacha taʼlim muassasasi xodimi G.I. Kimning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali murojaatiga koʻra 2017 yil dekabr oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqi pullari 2018 yilning 20 yanvarida vazirlikning masʼul xodimlarining bevosita aralashuvi orqali olinganligi aytib oʻtildi.

Vazirlikning tarmoq boshqarmalari boshliqlarining faoliyati byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqini oʻz vaqtida hisoblab, toʻlov hujjatlarini moliya va gʻaznachilik organlariga taqdim etilishi boʻyicha nazoratni taʼminlamaganliklari uchun qattiq tanqid ostiga olindi.

Yigʻilishda vazir oʻrinbosarlari hamda vazirlikning tarmoq boshqarmalari boshliqlariga:

ish haqi toʻlovi uchun byudjet ssudalarini va boshqa mablagʻlarni kechi bilan 2 ish kuni ichida moliyalashtirilishini taʼminlash;

byudjet tashkiloti xodimlariga oyning ikkinchi yarmi uchun ish haqi toʻlanishini kechi bilan keyingi oyning birinchi 5 ish kunida, oyning birinchi yarmi uchun avans toʻlovlarini esa kechi bilan joriy oyning 20 sanasigacha toʻlanishini shaxsiy nazoratga olishlari boʻyicha topshiriqlar berildi.

2018 yilning 3 fevral (shanba) kuni vazirlikning har haftalik selektor yigʻilishida mazkur masala hududiy moliya va gʻaznachilik organlari rahbarlari ishtirokida atroflicha muhokama qilinishi rejalashtirildi.

Maʼlumot uchun: Byudjet tashkilotlarida oylik ish haqini toʻlanishining kechikish holatlari boʻyicha Moliya vazirligining (371) 200-50-50 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilish mumkin.

 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 02 Fevral 2018 11:45

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 900 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!