РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

2018 YIL 24 APREL KUNI O’zR MOLIYA VAZIRLIGIDA “2019-2021 YILLAR UCHUN DAVLAT BYUDJETI SO’ROVINI TUZISH TARTIBI. DAVLAT BYUDJETINI TUZISHDA VAZIRLIK, IDORALAR VA BOSHQA BYUDJETDAN MABLAG’ OLUVCHILARNING ROLI” MAVZUSIDA SEMINAR O’TKAZILDI

25
Apr 2018
317 marta ko'rildi

2018 YIL 24 APREL KUNI O’zR MOLIYA VAZIRLIGIDA “2019-2021 YILLAR UCHUN DAVLAT BYUDJETI SO’ROVINI TUZISH TARTIBI. DAVLAT BYUDJETINI TUZISHDA VAZIRLIK, IDORALAR VA BOSHQA BYUDJETDAN MABLAG’ OLUVCHILARNING ROLI” MAVZUSIDA SEMINAR O’TKAZILDI

Concrete

Joriy yilning 24 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida “2019-2021 yillar uchun Davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibi. Davlat byudjetini tuzishda vazirlik, idoralar va boshqa byudjetdan mablag’ oluvchilarning roli” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda tarmoq vazirlik va idoralar (byudjet mablag’lari taqsimlovchilar), respublika byudjeti hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyati mahalliy byudjetlaridan mablag’ oluvchi tashkilotlarning moliya xizmati mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminarning asosiy qismi O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 16-bobiga muvofiq byudjet so’rovnomasini tuzish tartibi hamda Kodeksning 85-moddasiga asosan ishlab chiqilgan metodik qo’llanma va tegishli jadvallar taqdimotiga bag’ishlanib, unda byudjet loyihasini tuzish uchun zarur bo’ladigan ma’lumotlarni shakllantirish tartibi batafsil tushuntirib berildi.

O’z navbatida, Moliya vazirligining mutaxassislari tomonidan tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari bilan byudjet mablag’lari oluvchilari o’rtasidagi o’zaro bog’liqliqni nazarda tutgan 2019-2021 yillar uchun byudjet so’rovini tuzish bo’yicha yangi tartibga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar kontseptsiyasini ta’minlash jarayonida o’rta muddatli rejalashtirish mexanizmlari joriy etilayotganligi hamda unga tayyorgarlik ko’rish jarayonida byudjet so’rovi shakllariga tegishli o’zgartirishlar kiritilganligi aytib o’tildi.

Amaldagi tartibga asosan Davlat byudjeti loyihasi “indeksatsiyalash” metodini keng qo’llagan holda bir yil uchun rejalashtiriladi. Shuningdek, vazirlik va idoralar tomonidan o’zlarining rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun bir yil etarli hisoblanmaydi. Byudjet mablag’lari taqsimlovchilari va byudjetdan mablag’ oluvchilar o’zlarining kelgusi xarajatlarini o’rta muddatda prognoz qilishni amalga oshirmaydilar hamda kelgusidagi rejalari bir yil bilan chegaralanib qolmoqda.

Misol uchun, Maktabgacha ta’lim vazirligi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini o’yinchoqlar bilan ta’minlashni maqsad qiladi. Ushbu tadbirlarni bir yil ichida amalga oshirish imkoniyati bo’lmaganligi uchun, hamda muayyan vaqtdan keyin muntazam yangilashni talab etishini inobatga olgan holda, o’rta muddatli dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash zarurati paydo bo’ladi. Bunda bosqichma-bosqich o’yinchoqlarni yangilash va davriy jihozlash nazarda tutiladi.

Dasturlar tizimli yondashuv va aniq manbalar bilan ta’minlanmaganligi natijasida o’rta muddatli byudjetni joriy qilmasdan turib keyingi yillarda amalga oshirilishi qiyin bo’ladi. O’rta muddatli rejalashtirish bilan dasturni moliyalashtirish hajmlari byudjetda aks ettiriladi, bu esa dasturlarni keyingi yillarda amalga oshirilishini kafolatlaydi.

Vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqiladigan rivojlantirish dasturlari diqqat bilan ishlab chiqilishi hamda aniq muddatlar (misol uchun, uch yillik yoki besh yillik), maqsadlar hamda kutilayotgan natijalarni baholash bo’yicha mezonlarni nazarda tutishi lozimligiga ishtirokchilarning e’tibori qaratildi.

Ishtirokchilar tomonidan byudjetni shakllantirish jarayoni elektron shaklga o’tkazilayotganligi, jumladan “UzASBO” maxsus dasturidan foydalanishi ijobiy baholandi.

Bu tadbir byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarining byudjet so’rovi, xarajatlar smetalari va shtatlar jadvallarini tuzish uchun ketadigan vaqt va resurslarini sezilarli ravishda tejash bilan birga joriy va kutilayotgan xarajatlarni tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.

Seminarda Halqaro valyuta jamg’armasi eksperti Yoxan Byorvinson o’z taqdimoti bilan chiqish qilib o’rta muddatli byudjetni tuzishda ilg’or xalqaro tajribasi va uning afzalliklari to’g’risida ma’lumot berdi.

Seminar davomida byudjet jarayonini takomillashtirish va byudjetni shakllantirish bilan bog’liq boshqa masalalar ham ko’rib chiqildi. Xususan, seminar qatnashchilarida joriy etilishi kutilayotgan o’rta muddatli byudjetni rejalashtirish va dasturiy maqsadli rejalashtirish mexanizmlari seminar qatnashchilarida katta qiziqish uyg’otdi.

Tadbir yakunida seminar ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va byudjetni ijro etish jarayonida yuzaga kelayotgan mavjud muammolar bilan o’rtoqlashdilar.

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 26 Aprel 2018 15:55

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2018 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Obuna bo'lish

Statistika

Hozir 870 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!