РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

PEMPAL DOIRASIDA BYUDJET HAMJAMIYATINING NAVBATDAGI YALPI MAJLISI O’Z NIHOYASIGA ETDI

25
Mart 2019
1223 marta ko'rildi

PEMPAL DOIRASIDA BYUDJET HAMJAMIYATINING NAVBATDAGI YALPI MAJLISI O’Z NIHOYASIGA ETDI

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Jahon banki hamkorligida tashkil etilgan Davlat moliyasini boshqarish buyicha xalqaro hamkorlik ta’lim dasturi (PEMPAL) doirasida Byudjet hamjamiyatining navbatdagi yalpi majlisi o’z nihoyasiga etdi. 

To’rt kun davom etgan Byudjet hamjamiyatining yalpi majlisi davomida 20 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan 60 ga yaqin davlat moliyasini boshqarish sohasidagi xalqaro ekspertlar, Byudjet hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar amaliyotchilari hamda O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi va hududiy moliya boshqarmalari mutaxassislari byudjet shaffofligi va byudjet jarayonida fuqarolar ishtiroki, kapital byudjetlashtirish hamda maqsadga yo’naltirilgan byudjetlashtirishga oid mavzularda seminar treninglar hamda interaktiv taqdimotlarda ishtirok etishdi. 

Yalpi majlisning yakuniy kunida barcha ishtirokchilar byudjet xarajatlari bilan bog’liq muammolar bo’yicha 3 ta guruhga bo’lingan holda ish olib borishdi. Unda har bir guruh tarkibidagi ishtirokchilar tayyorlab kelgan taqdimotlarini muhokama qilib hamda natijada umumiy guruh taqdimoti tayyorlanib, davlat moliyasini boshqarish buyicha muvaffaqiyatli tajribalarni havola etishdi.

Concrete

Majlis qizg’in ko’tarinki ruhda va bahs-munozaralarga boy tarzda o’tdi. Ishtirokchilar yalpi majlis davomida davlat moliyasini boshqarish sohasida o’zaro fikr va tajriba almashdilar. 

Concrete

Majlis yakunida bag’ishlangan yig’ilishda Moliya vaziri o’rinbosari -  g’aznachilik boshlig’i D.Sh. Sultanov so’zga chiqib, mazkur tabdirning mamlakatimizda o’tkazilishi davlatimiz moliya tizimini boshqarishdagi amalga oshirilayotgan o’zgarishlar va rejalar yuzasidan dunyoning etakchi ekspertlarining xulosa va takliflarini olish bilan birga boy tariximiz, madaniy meroslarimizni, shuningdek bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarni jahon hamjamiyatiga etkazishda, shuningdek turizm sohasini rivojlantirishda qulay vosita bo’lib xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, majlis ishtirokchilariga kelgusida o’z ish faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Concrete

Shu bilan birga, 2019 yilning oktyabr - noyabr oylarida Samarqand shahrida PEMPAL ta’lim dasturi doirasida “Ichki audit” hamjamiyatining navbatdagi yalpi majlisini o’tkazishni taklif etildi.

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 25 Mart 2019 17:43

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 359 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!