РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

QAMCHIQ TUNNELI VA ELEKTRLASHTIRILGAN ANGREN – POP TEMIR YO‘LINING ISHGA TUSHIRILISHI

31
Avg 2016
8940 marta ko'rildi

QAMCHIQ TUNNELI VA ELEKTRLASHTIRILGAN ANGREN – POP TEMIR YO‘LINING ISHGA TUSHIRILISHI

Miqyosi va ko‘lamiga ko‘ra juda ulkan va murakkab bo‘lgan bunday zamonaviy loyihani aynan hozirgi kunda – mustaqil O‘zbekistonning salohiyat va imkoniyatlari yanada yuksalib borayotgan bir paytda amalga oshirishga erishganimiz albatta bejiz emas. 

Bugungi voqeaning mohiyati va ahamiyati haqida gapirganda, avvalo Qamchiq tunneli orqali Farg‘ona vodiysini mamlakatimizning markazi va boshqa hududlari bilan bog‘laydigan ushbu temir yo‘l qurib bitkazilishi bilan O‘zbekistonda yagona, mustaqil milliy transport kommunikatsiya tizimi to‘la shakllangani, hech shubhasiz, hammamizga xursandchilik va g‘urur-iftixor yetkazadi. 

Mazkur noyob inshoot qurilishini muvaffaqiyatli amalga oshirganimizning yana bir muhim omili zamonaviy tunnel qurilishi uchun bosh pudratchi sifatida Xitoyning dunyoga mashhur “Chayna reylvey tonnel grupp” kompaniyasi tanlab olinganidadir. Bu kompaniya o‘z zimmasidagi vazifani a’lo darajada amalga oshirdi. Qisqa muddatda, ya’ni bor-yo‘g‘i 32 oy ichida asriy qoya-toshlardan iborat murakkab tog‘li hududda xitoylik quruvchilar tomonidan uzunligi 19,2 kilometrni tashkil etadigan tunnel barpo etildi. 

Elektrlashtirilgan temir yo‘lning umumiy uzunligi 123 kilometrdan iborat. Qurilish jarayonida xitoylik va o‘zbekistonlik quruvchilar, ishchi va muhandislar, mutaxassislar o‘zaro hamjihatlikda ish olib borgani, o‘zlarining qanday mustahkam iroda, yuksak kasb mahoratiga ega ekanini namoyon qilganini alohida qayd etish kerak. Ushbu loyiha doirasida 2 ta vokzal, 8 ta yangi stansiya, yo‘lovchilar platformalari, yuqori quvvatga ega bo‘lgan 4 ta podstansiya barpo etildi. Shu bilan birga, g‘oyat murakkab muhandislik inshootlari, umumiy uzunligi 2,5 kilometr bo‘lgan 19 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar, 2 ta galereya, elektr uzatish tarmoqlari hamda boshqa ko‘plab ishlab chiqarish va muhandislik obyektlari bunyod etilganini ta’kidlash lozim. 

Ushbu temir yo‘l tarmog‘ining qurilishi orqali mustaqil O‘zbekistonda yagona va yaxlit temir yo‘l tizimi shakllanishi nihoyasiga yetkazilib, aholimizning uchdan bir qismi istiqomat qiladigan Farg‘ona vodiysi viloyatlarini mamlakatimizning boshqa hududlari bilan ishonchli bog‘lash imkoni yaratildi. 

Angren – Pop temir yo‘lining ishga tushirilishi biz uchun yiliga 10 million tonnadan ortiq yukni manzilga yetkazishda ham vaqtni, ham mablag‘ni bir necha barobar tejash, shuningdek, Farg‘ona vodiysining sanoat va infratuzilma sohasidagi ulkan salohiyatini o‘zlashtirish imkonini beradi, O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror sur’atlar bilan rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 

Ushbu temir yo‘lning foydalanishga topshirilishi O‘zbekistonning tranzit salohiyatini tubdan oshiradi va u kelajakda xalqaro transport kommunikatsiyasining eng muhim tarkibiy qismiga, “Buyuk ipak yo‘li iqtisodiy yo‘nalishi” loyihalaridan birining uzviy bo‘lagiga aylanishi mumkin. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 31 Avgust 2016 11:40

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 507 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!