Print this page
09
Apr 2019
235 marta ko'rildi

Xarid qilish, professional etika, boshqaruv va ochiqlik (PRIMO) forumi 15 yildan so‘ng yana Toshkentda

Xarid qilish, professional etika, boshqaruv va ochiqlik (PRIMO) forumining XV yillik yubileyi joriy yilning 10-12 aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur Forumni o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qaror 2018 yil 10 mayda Budapesht shahrida (Ruminiya) bo‘lib o‘tgan XIV Xarid qilish, professional etika, boshqaruv va ochiqlik forumining yopilish marosimida qabul qilingan.

PRIMO forumi – bu har yili ishtirokchi davlatlar (23 davlat) o‘rtasida davlat xaridlarini isloh qilish doirasida tajriba almashish imkoniyatini yaratuvchi halqaro Forumdir.

Xarid qilish, professional etika, boshqaruv va ochiqlik forumining e’tiborga loyiq jihati shundaki – kun tartibidagi masalalar bahsida ishtirokchi mamlakatlarning davlat xaridlari sohasidagi 150 dan ortiq etuk mutaxassislari, ekspertlari, shuningdek, Jahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Evropa investitsiya banki, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanishni tashkil etish halqaro tashkiloti kabi nufuzli tashkilotlarning ekspertlari ishtirok etadi. 

Mazkur Forum «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasining konferentsiyalar zalida bo‘lib o‘tadi. Ushbu forumni mamlakatimizda o‘tkazilishi etakchi xalqaro espertlardan zaruriy tavsiyalar va takliflarni olishga imkoniyat yaratadi va turizmni rivojlantirishga, jahon hamjamiyatining O‘zbekiston tarixi va madaniy me’rosi bilan tanishishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 10 Aprel 2019 11:16
Our website is protected by DMC Firewall!