РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

22
Noyab 2018
567 marta ko'rildi

XABARNOMA

Avtomobillarga gaz to’ldirish kompressor shahobchalari orqali sotilayotgan siqilgan gaz narxlarining tahlili, joriy yilning 16 noyabridan boshlab 300-400 so’mga qimmatlashganligi aniqlandi (1700-1800 so’mdan 2000-2200 so’mgacha).

Moliya vazirligi shuni takroran ma’lum qiladiki, avtomobillarga gaz to’ldirish kompressor shahobchalari orqali sotilayotgan siqilgan gaz narxlarini oshirish uchun hech qanday asos mavjud emas.

Ma’lumot uchun: 16 noyabrgacha AGTKShlariga tabiiy gaz 1 kub.metr uchun 789,74 so’mdan sotilgan (narx tabiiy gazni sotishning ulgurji narxi 1 kub.m uchun 289,74 so’m va maxsus investitsiya ustamasi 1 kub.m uchun 500 so’mdan shakllangan).

2018 yil 16 noyabrdan narx 1 kub.metr uchun 800 so’m (QQSni hisobga olgan holda) qilib belgilanagan, ya’ni 1 kub.metr uchun 500 so’mlik maxsus investitsiya ustamasi bekor qilinib, tabiiy gazning narxiga qo’shilgan.

Moliya vazirligi AGTKShlari tomonidan sotish narxini 17 foizga oshirilganligi asossiz deb hisoblaydi hamda agar narxlar 2018 yilning 15 noyabrdagi darajasigacha tushirilmagan holda noqonuniy ravishda olinayotgan foydani musodara qilish maqsadida transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg’isi va gaz iste’moli solig’i stavkasini oshirish bo’yicha taklif kiritishga yoki boshqa fiskal chora-tadbirlarni amalga oshirishga majbur bo’ladi.

Hozirgi paytda, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasiga, O’zdavneftgazinspektsiyasiga va davlat soliq organlariga insofsiz raqobat faktlarini aniqlash va qonun hujjatlarida belgilangan choralarni qo’llash maqsadida AGTKShlaridagi narxlar ustidan qat’iy nazorat o’rnatish to’g’risida tegishli topshiriqlar berilgan.

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 602 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!