РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

18
Dek 2018
421 marta ko'rildi

XABARNOMA

2018 yil 13 dekabr sanasida “KUN.UZ” saytida e'lon qilingan “Samarqand markazidagi maktab mutasaddilar e'tiboridan chetdami?” nomli maqolaga doir barcha ma'lumotlarni Moliya vazirligi ma'sul xodimlari o'rganib chiqqan holda quyidagilarni ma'lum qiladi. 

Samarqand shahridagi 17 maktab binosi 1960 yil qurilgan. Binoning o'quvchilar qamrovi quvvati 910 nafarga mo'ljallangan. 2018 yil 1 sinfga jami 334 nafar o'quvchi qabul qilingan bo'lib, maktab bo'yicha o'quvchilar soni jami 2784 nafarni tashkil etgan. Maktab quvvatiga nisbatan o'quvchi navbatlilik koeffitsienti 2.9 dan oshgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining “2018-2019 o'quv yilida bino quvvatiga nisbatan o'quvchilar soni oshib ketadigan umumta'lim maktablariga qo'shimcha bino va inshootlar ajratish to'g'risida”gi 9497-xh-sonli ko'rsatma xati ijrosi yuzasidan, viloyat hokimining 2018 yil 7 iyuldagi 451-Q-sonli Qaroriga asosan, Samarqand shahar Maxmud Qoshg’ariy ko'chasida joylashgan Samarqand qishloq xo'jaligi instituti balansida bo'lgan hamda uning qoshida bo’lgan sobiq 2-son akademik litseyi binosining bir qismini Samarqand shahridagi 17-sonli umumta'lim maktabga 8 ta xonani sinfxona sifatida vaqtincha foydalanish uchun ajratib berilgan. Biroq, ushbu bino va inshootlar shahar xalq ta'limi bo'limi balansiga o'tkazilmay kelmoqda. Hozirgi kunda ushbu binoda boshlang'ich sinflar ta'lim olmoqda.
17-sonli maktabiga 2018-2019 yillar qish mavsumiga tayyorlash maqsadida 190,5 mln. so'm mablag' ajratilgan bo'lib, 30,6 mln.so'mga maktabning asosiy binosida sport zalning tom qismini joriy ta'mirlash ishlari bajarilgan hamda 159,9 mln. so'mga asosiy o'quv binolarining tom qismini ta'mirlash ishlari bajarilgan. Obyektda ushbu mablag'lar doirasida pudratchi tashkilot "MISTER BRAVE" MCHJ, "MAXICON" MCHJ tomonidan ta'mirlash ishlarini to'liq bajarilganligi yuzasidan Samarqand viloyat hokimligi Injiniring kompaniyasi mutaxassisi tomonidan tekshirilgan bo'lib, 2018 yil 20 noyabrdagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, maktabga moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun jami 45,0 mln. so'm mablag' ajratilgan bo'lib, ushbu mablag'ga o'quvchilar uchun 66 dona parta, 5 dona doska va o'qituvchilar uchun 3 komplekt stol va stul olingan. 
Maktabning asosiy binosida joylashgan oshxona, hojatxona va issiqlik tizimi talab darajasida.
Samarqand qishloq xo'jaligi instituti qoshidagi sobiq 2-son akademik litseyi binosidan ajratib berilgan 8 ta xonalar yangi o'quv yiliga qadar ekspluatatsiya bo'limi xizmati va tegishli qurilish firmalari tomonidan elektr tarmog'i, xonalarni yoritish tizimi, eshik va romlar, sinfxonalarining pol va shift qismi talab darajasida ta'mirlanib, yangi o'quv yiliga tayyorlangan. Sinf xonalarni isitish uchun, 1 ta sinf xonada konditsioner bilan, qolgan sinf xonalarida vaqtincha elektr isitgichlardan foydalanilmoqda. Shu bilan birga, maktabni qish mavsumida belgilangan tartibda isitish maqsadida, qozonxonada mavjud qozonlarni joriy ta'mirlash ishlari boshlangan, maktab rahbariyati tomonidan o'quvchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida boshlang'ich sinflarning shanba kuni dars jarayoni yo'qligini inobatga olib, 17 dekabrga qadar to'liq o'rnatilib ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Qo'shimcha binoda joylashgan oshxona(bufet)ga sovitgich va boshqa jihozlarni olib kelish yuzasidan xususiy tadbirkor M. Xusanova tomonidan kafolat berildi. Binoning hovli qismida joylashgan o'g'il bolalar uchun 2 ochkoli va qiz bolalar uchun 2 ochkoli hojatxona yaroqli holatga keltirilgan. 
Maktabda bugungi kunda jami 10 nafar farrosh, 10 ta shtat birliklari asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 8 nafari asosiy binoda va 2 nafari qo'shimcha ajratib berilgan binoda ishlab kelmoqda. 
Rasmda ko'rsatilgan binoning 1-chi qavati yerto'lasi hisoblanib, foydalanilmaydi, bolalar o'tmasligi uchun qulflab muhrlab quyilgan.

Moliya vazirligi 
Axborot xizmati
 

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!