РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MAKTABGACHA TAʼLIM MUASSASASI TARBIYALANUVCHILARI TAʼMINOTIGA UZCARD TIZIMI ORQALI TOʻLOVLAR

26
Okt 2016
3785 marta ko'rildi

MAKTABGACHA TAʼLIM MUASSASASI TARBIYALANUVCHILARI TAʼMINOTIGA UZCARD TIZIMI ORQALI TOʻLOVLAR

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21martdagi PQ-1730-son "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida davlat organlari tomonidan aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari roʻyxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash, tegishli axborot resurslaridan keng koʻlamda, shu jumladan, qishloq joylarda foydalanishni taʼminlash boʻyicha bir qator vazifalar nazarda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi 445-son “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ulardan chakana savdoda, kommunal xizmatlarga va xizmatlarning boshqa turlariga toʻlovlarni amalga oshirishda foydalanish, shuningdek pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanishini qisqartirish koʻzda tutilgan.

Zamonaviy dunyoning ajralmas qismi boʻlib qolgan mobil telefonlar orqali hozirga kunda turli toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. Shunday xizmat turlaridan birini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joriy yilning sentyabrь oyidan taqdim etishni boshladi. Endilikda mamlakatimizning istalgan fuqarosi oʻz mobil telefoni yordamida “online” (MBANK) plastik kartasi orqali maktabgacha taʼlim muassasasida(MTM) tarbiyalanayotgan farzandining taʼminoti uchun toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin. Buning uchun MTM hisobchisi tarbiyalanuvchi bolaning UzASBO dasturiy majmuasida(DM) roʻyxatdan oʻtkazgan boʻlishi kerak. Joriy xizmat turi ota-onalarning vaqtini tejashi bilan bir qatorda har bir tarbiyalanuvchi bola boʻyicha hisob-kitoblar yuritiladi va istalgan vaqtda oldingi toʻlovlar va hisoblangan hamda qarzdorliklar boʻyicha maʼlumot olish imkoniyati yaratilgan. Ushbu xizmat turi nafaqat ota-onalar uchun, balki MTM hisobchilarining ham ogʻirini yengil qiladi. Gap shundaki, amalga oshirilgan toʻlov UzASBO DMda onlayn ravishda koʻrinadi. MTM hisobchisida ushbu toʻlov qaysi tarbiyalanuvchi bolaga, qachon va qancha toʻlov amalga oshirilganligini koʻrish imkoniyati mavjud boʻladi. Bu oʻz navbatida toʻlovlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatoliklarni yoʻqqa chiqaradi va bank kvitantsiyalarini bank koʻchirmalari bilan solishtirish kabi ortiqcha qogʻozbozlikning oldini oladi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilda Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlari xodimlariga  UzASBO dasturidan ish haqi toʻgʻrisida SMS xabarnoma va Telegram messenjeri orqali maʼlumot olishlari boʻyicha interaktiv xizmatlar ham ishga tushirilgan edi.
 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 26 Oktyabr 2016 18:25

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 348 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!