Ushbu kunga rejalashtirilgan taqdimotlar yakunida davlat investitsiyalarini byudjetlashtirish sohasida PEMPALga a’zo mamlakatlarda uchrayotgan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo’yicha Jahon banki hamda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining etakchi ekspertlari tomonidan taklif va mulohazalar berildi.
Yalpi majlisning uchinchi kuni Byudjet hamjamiyatining ishchi guruhi tomonidan hozirda rivojlanayotgan mamlakatlarda, shuningdek O’zbekistonda ham dolzarb bo’lib turgan maqsadga yo’naltirilgan byudjetlashtirish hamda davlat xarajatlarini o’rganish bo’yicha taqdimotlar qilishdi.
Ushbu taqdimotlarni Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligining Byudjet siyosati va strategik rejalashtirish departamenti direktori o’rinbosari Nikolay Begchin, Jahon banki eksperti Nayda
Vukotich, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining Byudjetlashtirish va davlat xarajatlari bo’limi etakchi siyosiy tahlilchisi Yungmin Park o’tkazishdi.
Kunning ikkinchi yarmida byudjet xarajatlarini o’rganish bilan bog’liq muammoli masalalar va qiyinichiliklar yuzasida muhokamalar o’tkazildi.