РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

RESPUBLIKAMIZ HUDUDLARIDA “BYUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISH HAMDA HISOBOTINI TUZISH” MAVZUSIDA SAYYOR OʻQUV KURSLARI DAVOM ETMOQDA

27
Sen 2016
2409 marta ko'rildi

RESPUBLIKAMIZ HUDUDLARIDA “BYUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISH HAMDA HISOBOTINI TUZISH” MAVZUSIDA SAYYOR OʻQUV KURSLARI DAVOM ETMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda qonunchilik normalariga muvofiq byudjet tashkilotlarida belgilangan buxgalteriya hisobi va hisobotining sifatli ijrosini taʼminlash hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini Davlat byudjetining gʻazna ijrosi sharoitida ishlashga tayyorlash borasida  2016 yil davomida respublikamizning har bir tuman va shaharlarida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari uchun bir kunlik oʻquv seminarlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Yuqorida qayd qilingan va tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan navbatdagi oʻquv seminarlar joriy yilning 05 avgustidan 16 avgustiga qadar Navoiy viloyatining Uchquduq  tumanida (48 nafar), Tomdi (42 nafar), Zarafshon tumanida (43 nafar), Konimex tumanida (69 nafar), Navbahor tumanida (85 nafar), Qiziltepa tumanida  (109 nafar), Karmana tumani (74 nafar), Navoiy shahri (77 nafar), Xatirchi tumani (123 nafar), Nurota tumani (116 nafar) moliya-hisob boʻlinmalari xodimlari uchun oʻtkazildi. Mazkur seminarlarda jami 786 ta byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari oʻz malakalarini oshirdilar.

Seminar dasturi buxgalteriya hisobini yuritish hamda xisobotlarini tuzish boʻyicha hozirgi kunda amalda boʻlgan meʼyoriy hujjatlardan amaliyotda foydalanish tartib-qoidalarini, “Hisob-kitob yuritishiga va hisobotlarini tuzishga doir hujjatlar”, “Pensiya va boshqa buxgalteriyaga tegishli hujjatlar”, “Umumiy hujjatlar”, “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishdagi ayrim meʼyoriy hujjatlarning oʻziga xos xususiyatlari”ni oʻrganish masalalariga qaratilgan boʻlib, byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlariga byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotini tuzish masalalari boʻyicha  zarur amaliy va metodik masalalarni yoritib berdi.

Oʻquv seminari yakunida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini qiziqtirayotgan savollar va muammoli masalalar  alohida yozib olinib, ularga javob tayyorlash uchun savollar bazasi shakllantirildi. 

Tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga koʻra keyingi seminarlar sentyabrь oyida Fargʻona, Namangan viloyatlarida oʻtkaziladi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 27 Sentyabr 2016 09:42

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd