РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Respublikamiz hududlarida “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish hamda hisobotini tuzish” mavzusida sayyor o‘quv kurslari davom etmoqda

18
Iyul 2016
3665 marta ko'rildi

Respublikamiz hududlarida “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish hamda hisobotini tuzish” mavzusida sayyor o‘quv kurslari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda qonunchilik normalariga muvofiq byudjet tashkilotlarida belgilangan buxgalteriya hisobi va hisobotining sifatli ijrosini ta‘minlash hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini Davlat byudjetining g‘azna ijrosi sharoitida ishlashga tayyorlash borasida 2016 yil davomida respublikamizning har bir tuman va shaharlarida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari uchun bir kunlik o‘quv seminarlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Yuqorida qayd qilingan va tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan navbatdagi o‘quv seminarlari joriy yilning 16 mayidan 2 iyuniga qadar Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida (107 nafar), Ishtixon (164 nafar), Qo‘shrobot (170 nafar), Payariq (190 nafar), Kattaqo‘rg‘on  shahrida (60 nafar), Kattaqo‘rg‘on  tumanida (185 nafar), Narpay (169 nafar), Paxtachi (108 nafar), Bulung‘ur (128 nafar), Jomboy  (129 nafar), Samarqand (123 nafar), Tayloq (132 nafar), Urgut (233 nafar), Pastdarg‘om (237 nafar), Nurobod (122 nafar) va Samarqand  shahrida (488 nafar) o‘tkazildi. Mazkur seminarlarda jami 2745 ta byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari o‘z malakalarini oshirdilar.

 

Seminar dasturi buxgalteriya hisobini yuritish hamda xisobotlarini tuzish bo‘yicha hozirgi kunda amalda bo‘lgan me‘yoriy hujjatlardan amaliyotda foydalanish tartib-qoidalarini, “Hisob-kitob yuritishiga va hisobotlarini tuzishga doir hujjatlar”, “Pensiya va boshqa buxgalteriyaga tegishli hujjatlar”, “Umumiy hujjatlar”, “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishdagi ayrim me‘yoriy hujjatlarning o‘ziga xos xususiyatlari”ni o‘rganish masalalariga qaratilgan bo‘lib, byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlariga byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini    yuritish va hisobotini tuzish masalalari bo‘yicha zarur amaliy va metodik masalalarni yoritib berdi. 

O‘quv semenari yakunida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini qiziqtirayotgan savollar va muammoli masalalar alohida yozib olinib, ularga javob tayyorlash uchun savollar bazasi shakllantirildi.

Tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra keyingi seminarlar joriy yilning iyunь oyida Qashqadaryo viloyatida o‘tkaziladi.
 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 19 Iyul 2016 14:38

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 294 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd