Byudjet tashkilotlari va moliya organlari foydalanuvchilari uchun ma'lumot!
"UzASBO" va "DMBAT" dasturiy majmualarida buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog'liq byudjet tashkilotlari va moliya organlarining murojaatlarini tezkorlik bilan ko'rib chiqish va tezlashtirish yuzasidan, shuningdek, xizmatlar sifatini oshirish maqsadida, 2018 yil 21 sentabrdan Moliya vazirligining Axborot hisoblash markazi telefon raqami orqali (0- 371) 239-15-62 «Tezkor aloqa» markazi (Call-center) o’z ishini boshladi.
"UzASBO" dasturiy majmuasi va "DMBAT" dasturiy majmualarida hisob yuritish va hisobotlarni shakllantirish bo’yicha savollar yuzaga kelgan hollarda hamda Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazi faoliyati bilan bog’liq boshqa masalalar yuzasidan "Tezkor aloqa"ga (Call markaz)ga murojaat qilish mumkin.
«Tezkor aloqa» markazi telefon raqamlari 24 soat davomida unga kelib tushayotgan murojaatlar uchun faol tarzda bo’lib, Moliya vazirlirgi AXM mutaxassislari bilan dam olish kunlaridan tashqari, ish kunlarida soat 9-00 dan 18-00 ga qadar bog’lab beradilar. Tushlik vaqti soat 13-00 dan 14-00 ga qadar.
Hurmat bilan, Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazi ma’muriyati.