РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Ijro etuvchi direktsiyasining 2016 yilning 1-yarim yilligida bajargan ishlari toʻgʻrisida M A ʼ L U M O T

14
Sen 2016
3689 marta ko'rildi

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Ijro etuvchi direktsiyasining 2016 yilning 1-yarim yilligida bajargan ishlari toʻgʻrisida M A ʼ L U M O T

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PQ-2458-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbek milliy avtomagistrali” tarkibiga kiruvchi avtomobil yoʻllari uchastkalarini qurish va rekonstruktsiya qilish dasturiga asosan joriy yilda 513,0 km uzunlikdagi (451,0 km asfaltobeton va 62,0 km tsementobeton qoplamali) avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlarini bajarish rejalashtirilgan.

Respublika yoʻl jamgʻarmasi tomonidan 2016 yil 1-yarim yilligida tasdiqlangan dasturga muvofiq, 158,3 km uzunlikdagi avtomobil yoʻllarida qurilish, rekonstruktsiya va toʻla taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan boʻlib amalda 190,8 km uzunlikdagi avtomobil yoʻllarida qurilish ishlari bajarildi. Amalga oshirilgan loyihalarda 157,1 km qayta qurish ishlari hamda 33,7 km toʻla taʼmirlash ishlari bajarildi.

Xorijiy moliyaviy institutlar mablagʻlari hisobidan 2016 yil 1-yarim yilligida tasdiqlangan dasturga muvofiq, 55,9 km uzunlikdagi avtomobil yoʻllarini qayta qurish ishlari alohida obʼektlari boʻyicha rejalashtirilgan boʻlib amalda 82,5 km uzunlikdagi avtomobil yoʻllarida qurilish ishlari bajarildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi arafasida Toshkent shahrida barcha qulayliklarga ega boʻlgan yangi transport xalqasi foydalanishga topshirildi. Natijada transport xalqasi  Oqtepa maydonidagi yangi transport bogʻlamasi Muqimiy koʻchasini Nurafshon koʻchasining “Tinchlik” metro bekatiga qadar boradigan yangi 4 kilometrlik qismi bilan bogʻlandi. Muqimiy koʻchasi va Shota Rustaveli koʻchasi orqali sobiq “Toshtekstilmash” zavodi hududidan Nukus koʻchasiga eltuvchi yangi yoʻl oʻtkazgich ham ishga tushirildi.  Mazkur xalqa yoʻli, Abdulla Qodiriy va Sharof Rashidov shoh koʻchalarini hisobga olganda, uning umumiy uzunligi 22 kilometrni tashkil etadi. Ushbu xalqa yoʻli atrofida xalqaro talablarga mos injener-kommunikatsiya ishlari va turar joylari qurilishi va obodonlik ishlari amalga oshirildi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 14 Sentyabr 2016 17:08

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 545 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!