РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

SOG'LIQNI SAQLASH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIGI (DXSH)

29
Yan 2019
780 marta ko'rildi

SOG'LIQNI SAQLASH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIGI (DXSH)

Concrete

29 yanvar kuni poytaxtimizda sog'liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sherikchiliпш bo'yicha tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchiligi (DXSh) agentligi, Jahon banki guruhining tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) hamda Shveytsariyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi.

Uchrashuv soha rahbarlari va mutaxassislari nutqlari uchun, shuningdek barcha ishtirokchilar o'rtasida munozaralar uchun qulay zamin yaratdi.

Seminarning kirish qismida Moliya vaziri o'rinbosari – Davlat-xusisy sherikchiligi agentligi direktori Golib Xoljigitov, Sog’liqni saqlash vaziri Alisher Shodmanov, O'zbekistondagi Xalqaro moliya korporatsiyasi boshlig'i Zafar Hashimov, Markaziy Osiyodagi Jahon bankining ijtimoiy loyihalar bo'yicha menejeri Susanna Ayrapetyan va Shveysariya elchixonasining xodimi Dildora Abidjanova so’zga chiqishdi.

Concrete

Concrete

"Sog'liqni saqlash tizimida davlat-xususiy sherikchiligi modellari" mavzusidagi taqdimotni IFCning maslahat xizmati rahbari Karin Bashongi joriy loyihalar bo'yicha amalga oshirdi. Gruziya sobiq Sog'liqni saqlash vaziri Andrey Urushadze, Qirg'iziston Sog'liqni saqlash vazirligi Departamenti direktori Meder Ismoilov va DXSh bo'yicha Qirg'iziston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi  Gulnora Kalikova bu borada o'z mamlakatlarining tajribalari haqida so'zlab berishdi. IFCning investitsiyalar bo'yicha bosh mutaxassisi Zeynep Kantur, ishtirokchilarni Turkiyadagi shifoxonalarda davlat-xususiy sherikchiligi dasturi bilan tanishtirib o’tdi.

Tadbirda bir qator istiqbolli loyihalar misolida yurtimizda sog'liqni saqlash tizimida DXShni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Mahalliy va xorijiy ekspertlar o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

Concrete

Concrete

Concrete

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 29 Yanvar 2019 18:17

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 417 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!