РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

RESPUBLIKAMIZ HUDUDLARIDA “BYUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISH HAMDA HISOBOTINI TUZISH” MAVZUSIDA SAYYOR O‘QUV KURSLARI O‘Z ISHINI BOSHLADI

22
Iyun 2016
1437 marta ko'rildi

RESPUBLIKAMIZ HUDUDLARIDA “BYUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISH HAMDA HISOBOTINI TUZISH” MAVZUSIDA SAYYOR O‘QUV KURSLARI O‘Z ISHINI BOSHLADI

Byudjet tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda qonunchilik normalariga muvofiq belgilangan buxgalteriya hisobi va hisobotining sifatli ijrosini ta‘minlash hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini Davlat byudjetining g‘azna ijrosi sharoitida ishlashga tayyorlash borasida Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markaziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida O‘quv markazi tomonidan 2016 yil davomida respublikamizning har bir tuman va shaharlarida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari uchun bir kunlik o‘quv seminarlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Yuqorida qayd qilingan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan joriy yilning 10-25 may kunlari Jizzax viloyatida dastlabki o‘quv seminarlari o‘z ishini boshlab, Jizzax viloyatining Jizzax shahrida (90 nafar),  Arnasoy tumanida (50 nafar), Mirzacho‘l (59 nafar), Do‘stlik (55 nafar), Paxtakor (49 nafar), Zarbdor (50 nafar), Forish (100 nafar), Yangiobod (44 nafar), Zafarobod (55 nafar), Baxmal (98 nafar), Zomin (136 nafar), Jizzax (91 nafar ) va G‘allaorol (130 nafar) tumanlarida o‘tkazildi. Mazkur seminarlarda jami 1007 ta byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari o‘z malakalarini oshirdilar.

Seminar dasturi buxgalteriya hisobini yuritish hamda xisobotlarini tuzish bo‘yicha hozirgi kunda amalda bo‘lgan me‘yoriy hujjatlardan amaliyotda foydalanish tartib-qoidalarini, “Hisob-kitob yuritishiga va hisobotlarini tuzishga doir hujjatlar, “Pensiya va boshqa buxgalteriyaga tegishli hujjatlar”, “Umumiy hujjatlar”, “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishdagi ayrim me‘yoriy hujjatlarning o‘ziga xos xususiyatlari”ni o‘rganishdan iborat edi.

O‘quv seminari jarayonida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob  xodimlariga byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotini tuzish masalalarida zarur tushuntirishlar berilib, muammoli masalalar yuzasidan bahs va munozaralar o‘tkazildi.

Shuningdek, o‘quv seminari yakunida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini qiziqtirayotgan savollar va muammoli masalalar alohida yozib olinib, ularga javob tayyorlash uchun savollar bazasi shakllantirildi. 

Tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra keyingi seminarlar avgust oyida Navoiy, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida o‘tkaziladi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 22 Iyun 2016 17:35

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 255 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!