РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

AKT SOHASI: E‘TIBOR, IMKONIYAT VA TARAQQIYOT

29
Iyun 2016
8287 marta ko'rildi

AKT SOHASI: E‘TIBOR, IMKONIYAT VA TARAQQIYOT

Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompьyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta‘minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi mamlakatning raqobatdoshlik darajasiga ta‘sir ko‘rsatishi, katta hajmda axborot to‘plash va uni umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib berishini unutmasligimiz zarur.

Islom KARIMOV

 

Bugun mustaqil O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan taraqqiyotning yangi ufqlari sari jadal ketayapti.

Xo‘sh, bundan 25—30 yil oldin vaziyat qanday edi?

O‘sha paytlari respublikamiz o‘z rivojlanish yo‘lini hatto “nol”dan ham emas, “minus”dan boshlaganidan ko‘pchilikning xabari bor. 

Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, uning huquqiy-tashkiliy hamda moddiy-texnik mustahkamlashga davlat siyosati darajasida e‘tibor qaratildi.  

Pirovardida O‘zbekiston qisqa davr ichida milliy AKT infratuzilmasi modeliga ega bo‘ldi. 

Bugungi kunda barqaror taraqqiyotga erishishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning o‘rni har qachongidan ham ko‘ra dolzarb bo‘lib borayapti. Qaysi sohaga e‘tibor qaratmang, ularning barchasida ushbu texnologiyalardan foydalanish tobora kengaymoqda.

AKT taraqqiyoti har qanday mamlakatning raqobatdoshlik darajasini oshirib, katta qulayliklar eshigini ochadi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. 

Bunday ijobiy o‘zgarishlarda mustaqillik yillarida tarmoqqa doir “Aloqa to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi kabi o‘ndan ortiq qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilingani puxta poydevor bo‘ldi. 

2013 yil 27 iyundagi qarori bilan “2013 — 2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi” tasdiqlandi. 

Xususan, belgilangan davr ichida telekommunikatsiya texnologiyalari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 17 ta, “Elektron hukumat” ma‘lumotlar bazasi va axborot tizimlari kompleksini yaratishda qo‘l keluvchi 30 ga yaqin loyiha amalga oshirilayapti. 

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab 16,5 ming baza stantsiyalar o‘rnatilgan bo‘lsa, mobilь aloqa abonentlari soni so‘nggi 10 yilda 7,5 barobar ko‘paydi. Shularga mos ravishda yurtimizda mobilь aloqaning to‘rtinchi avlod tarmog‘i — “4G”– LTE salohiyati oshirilmoqda. Bu aholining telekommunikatsiya xizmatlarini yanada samarali qo‘llashi, yuqori tezlikdagi internetni ta‘minlamoqda. 

Innovatsiyalar televideniye sohasiga ham keng kirib borayapti. Raqamli televideniyening asosiy xususiyati — tasvirning sifati. 

Ko‘rilgan qator chora-tadbirlar tufayli sohada zamonaviy texnik baza yaratildi. Ayni chog‘da O‘zbekiston aholisining 68,8 foizi raqamli televideniye signallari bilan ta‘minlangan. Yurtdoshlarimiz kechayu-kunduz 12 ta raqamli davlat teledasturlarini tomosha qilish imkoniga egalar.

Taqqoslash uchun keltirib o‘tamiz: xalqimiz mustaqillikka erishgunga qadar 2-3 tagina telekanalni chegaralangan soatlarda tomosha qilish bilan cheklangan edi. 
2017 yilga borib mamlakatimiz aholisi to‘liq sifatli raqamli televideniye signallari bilan qamrab olinadi.

2013 yilda fuqarolarning murojaatlarini davlat idoralariga yuborish, aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini onlayn shaklda ko‘rsatuvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tashkil etilib, 40 ta interaktiv davlat xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, hozirda ularning soni 280 taga yetkazildi. Joriy yil yakunida esa mazkur ko‘rsatkichni 300 dan oshirish rejalashtirilgan. 

Boshqacha aytganda, hamyurtlarimiz uyidan chiqmasdan turib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali istalgan idoraga murojaat etishi mumkin. So‘nggi 3 yilda Yagona portal orqali davlat idoralariga aholi va tadbirkorlik sub‘ektlarining elektron murojaatlari 130 barobarga o‘sdi. 

Xulosa o‘rnida aytganda, diyorimizning barcha hududlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, raqamli televideniye orqali qo‘shimcha axborot olish, interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni yanada takomillashtirish axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasi strategiyasining muhim maqsadlaridan biri bo‘lib qolaveradi. Bu esa ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy taraqqiyotning yangi ufqlarini ochishi muqarrar.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 29 Iyun 2016 17:02

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 317 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!