РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Raqobat siyosati sohasida xalqaro tajriba almashinuvi

28
Sen 2015
1467 marta ko'rildi

Raqobat siyosati sohasida xalqaro tajriba almashinuvi

2015 yilning 1-21 sentyabr kunlari Koreyaning Xalqaro  hamkorlik agentligi va  Odil savdo bo‘yicha komissiyasi tomonidan Koreya Respublikasida “Raqobatni rivojlantirish va makroiqtisodiy o‘sish” mavzusida  xalqaro seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda markziy osiyo davlatlari, shu jumladan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikasining vakillari ishtirok etishdi hamda raqobat to‘g‘risidagi qonunni takomillashtirish va makroiqtisodiy o‘sish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Ushbu seminarda raqobat siyosati sohasida o‘tkazilgan xalqaro konferentsiyalar, raqobatni nazorat qilish va iste‘molchi siyosati sohasida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan o‘rganishlar, monopol tashkilotlar o‘rtasidagi raqobat hamda ularning mahsulot va xizmatlariga narx shakllantirishni tartibga solish tizimini isloh etish, elektron savdolarda iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish va boshqa mavzulardagi ma‘ruzalar tinglandi. Tinglovchilarda monopol tashkilotlarni qo‘shish va xalqaro kartelь ishtirokchilar o‘rtasidagi kelishib olingan bitimlar, tender savdolarini o‘tkazishda raqobat masalalari katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, turli tamoqlarda (qayta ishlash, yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarish, avtomobil ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish) ustun mavqeni egallab turgan kompaniyalarni qo‘shib yuborish bo‘yicha atroflicha ma‘lumotlar berildi.

Tadbir davomida turli davlatdan tashrif buyurgan ishtirokchilar raqobat va narxlarni davlat tomonidan tartibga solish sohasida tajriba almashishdi, shuningdek Koreya Respublikasining tajribasi misolida iste‘molchi va raqobat siyosati sohasida me‘yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.

Mazkur seminarda qatnashish natijasida to‘plangan ma‘lumotlar raqabot va monopoliyaga qarshi davlat siyosatini takomillashtirishda qo‘llash uchun juda foydali bo‘lishi mumkin.

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!