РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

QALBAKI ALKOGOL MAHSULOTLARIGA OGOH BO’LAYLIK

17
Iyul 2019
261 marta ko'rildi

QALBAKI ALKOGOL MAHSULOTLARIGA OGOH BO’LAYLIK

Moliya va soliq organlari tomonidan iste’mol etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarda monitoring o’tkazish belgilandi.  

Monitoringni samarali o’tkazish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasining qo’shma qarori qabul qilinib, moliya va soliq organlari xodimlaridan iborat Respublika ishchi guruhi hamda hududlarda namunaviy hududiy ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlandi hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspektsiyasi tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda.

Ayni vaqtda ishchi guruhlar tomonidan etil spirti va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarda alkogol mahsulotlarining kelib chiqishi qonuniyligini monitoring qilish, shu jumladan mahsulotlar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish tadbirlari o’tkazilmoqda. 

Hududiy moliya va davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarda o’tkazilayotgan monitoringlarda qo’pol qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Misol uchun, Toshkent shahridagi alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug’ullanuvchi MChJga qarashli savdo do’konidagi mavjud mahsulotlar inventarizatsiya qilinganida, 4 turdagi mahsulotlarda qalbaki aktsiz markalari aniqlanib, umumiy narxi 1,5  mln. so’mlik alkogol mahsulotlarini savdodan olinishi ta’minlandi.

Qashqadaryo viloyati Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug’ullanuvchi MChJda alkogol mahsulotlari inventarizatsiyadan o’tkazilganida, mahsulotdagi aktsiz markalarning haqiqiyligi xodimlarda shubha uyg’otdi.

Yuqoridagi aktsiz markalar «Davlat belgisi» DIChB Toshkent bosma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilmagani va muomalaga kiritilmaganiga aniqlik kiritilib, qalbaki aktsiz markalar yopishtirilgan 7 turdagi umumiy narxi 134 mln. so’mlik aroq mahsulotlarini savdoga chiqarilishining oldi olindi.

Hozirda yuqoridagi holat bo’yicha to’plangan hujjatlarni ko’rib chiqish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish choralari ko’rilmoqda.
 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 18 Iyul 2019 12:01

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 510 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!