O'tgan yilning aprel oyidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichiga o`tishimiz uchun turtki bo`ldi desak mubolag’a bo`lmaydi. Tashrif juda ijobiy va samarali o`tdi. Buni raqamlar isbotida ko`rishimiz ham mumkin. Shunday qilib, mamlakatlarimiz o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 27 foizdan oshdi, eksport hajmi esa 6 foizni tashkil etdi. Bu nimadan dalolat beradi? Bu yangi hamkorlik aloqalari, yangi iqtisodiy loyihalar. “O'zbekiston turli yo'nalishlarda, ya'ni investitsiya muhitida o'zaro manfaatli hamkor sifatida eng jozibador mamlakatdir. Maksimal iqtisodiy, intellektual salohiyatga ega, tabiiy resurslarga boy, istiqbolli mamlakatdir. Biz har kuni munosabatlarimizning dinamikasi o`sib borishidan mamnunmiz. Delegatsiyamiz O'zbekiston hududiga yana bir bor tashrif buyurganidan xursandmiz va mamlakatlarimiz o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun yanada istiqbolli, yangi loyihalarni amalga oshirishga tayyormiz",- ta’kidlab o`tdi Oreshkin Maksim Stanislavovich.
Malumot uchun:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi doirasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda 34 ta hujjat imzolangan bo'lib, ulardan 20 tasi investitsiya sohasida - 12,1 milliard dollar;
14 tasi savdo-iqtisodiy sohada - 3,8 milliard dollarni tashkil etdi.
2018 yil yanvar-iyun oylarida tovar aylanmasi 2,836 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. (+ 27,5%), shu jumladan, eksport - 1,022,5 mln. (+ 5,8%), import - $ 1,813,5 mln. (+ 44,2%)
Muzokaralar chog'ida ikki tomonlama munosabatlarning holati muhokama qilindi va quyidagi masalalar ko`rib o`tildi:
- investitsiyalar va sanoat kooperatsiyasi sohasida hamkorlik;
- hududlararo hamkorlik;
-qishloq xo'jaligi;
- mehnat faoliyatini tashkil etish va ta'minlash;
Shuningdek, iqtisodiyotning turli sohalarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish bo'yicha tajriba o'rganish va almashish maqsadida birgalikda ishchi guruhlar tuzish rejalarini ham muhokama qilindi. Iqtisodiyot vazirligi va Rossiya Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi o'rtasida kelgusidagi hamkorlik va konsultatsion ko`mak berish bo`yicha o'zaro anglashuv memorandumi imzolanishi taklif qilindi.
Bundan tashqari, iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiya majlisining 2018- yil sentyabr oyida Moskvadagi bo`lib o`tishi kutilayotgan yig'ilish haqida suhbat yuritildi. Ushbu tadbir ikki mamlakat uchun uzoq muddatli, o'zaro manfaatli loyihalarni tuzish va muhokama qilishdan iborat. Ta’kidlab o`tish joizki, bu yig’ilishda O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi o`zaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda munosabatlarning yangi formati qayd etildi.
Uchrashuvning eng muhim mavzulardan biri Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning joriy yil oktyabr oyida bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi bo'ldi. Tashrif davomida turli sohalarda bir qator foydali loyihalar imzolanishi kutilmoqda.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati