РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

PRESS RELIZ: "KORRUPSIYA – MILLIY XAVFSIZLIKKA TAHDID"

28
Noyab 2018
1689 marta ko'rildi

PRESS RELIZ: "KORRUPSIYA – MILLIY XAVFSIZLIKKA TAHDID"

Concrete

Bugungi “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusidagi seminar Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunida, 2017-2018 yillarga moʻljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturi doirasida, hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining 4-sonli yigʻilish bayonida belgilangan vazifalarning samarali ijrosini, shuningdek, davlat va jamiyat hayoti faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida olib borildi.

Concrete

Hozirgi kunda mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish yuzasidan aniq tadbirlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi qonun sohadagi huquqiy munosabatlarni toʻliq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korruptsiyaning har qanday koʻrinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyatlidir.

Concrete

“Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusidagi seminarda Moliya vaziri oʻrinbosari- Gʻaznachilik boshligʻi D.Sh. Sultanov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qoʻmita raisining oʻrinbosari O.K. Iminov, Oʻzbekiston XDP Markaziy kengashi raisining oʻrinbosari U.N. Vafoyev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi prokurori S.O. Urazboyevlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar. Ular tomonidan byudjet ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, “Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish, korruptsiya holatlarini aniqlash va oʻz vaqtida uning omillarini bartaraf etish masalalari koʻrib chiqildi. Bugungi tadbir davomida koʻrilgan masalalar tizim xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlab, chek qoʻyish hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabab va oqibatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Seminar yakunida qatnashchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 26 Dekabr 2018 10:45

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 411 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!