РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

30
Noyab 2018
1158 marta ko'rildi

PRESS-RELIZ

Moliya vazirligi 2019 yil 1 yanvardan boshlab www.mf.uz sayti orqali vazirlik va idoralar, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ijro holatini tekshirish moduli joriy qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Yagona idoralararo elektron ijro nazorati tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi F-5017-son farmoyishi va 2018 yil 5 oktyabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3962-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan 2018 yil 12 oktyabrda 166-sonli buyrugʻi qabul qilindi. “Ijro intizomini nazorat qilish Yagona idoralararo elektron ijro nazorati” dasturi, yaʼni “mf.ijro.uz” elektron dasturiy taʼminot tizimi vazirlik idoralari ichida birinchi boʻlib Moliya vazirligida joriy qilindi. Mazkur “mf.ijro.uz” elektron dasturi tizimiga oʻtishning hujjatlar aylanmasi uchun quyidagi bir qator afzallik va qulayliklari mavjud, jumladan: vazirlikka kirim qilinayotgan barcha hujjatlar juda qisqa fursatda tegishli mutasaddi rahbar va ijrochilarga yetkaziladi; ijro etilgan hujjatlar haqidagi maʼlumotlar bir vaqtning oʻzida “mf.ijro.uz” – Idoralararo yagona hujjatlar dasturi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi “ijro.gov.uz” bilan integratsiya qilinadi; Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini maxsus jurnal va hisob varaqalarida roʻyxatga olish tartibi, ular boʻyicha hisob kartotekalarining qogʻoz shaklida rasmiylashtirilishi va yuritilishi, eng muhimi, kirim qilinayotgan barcha hujjatlarning nushalarini koʻpaytirish jarayonlari bekor qilindi va ortiqcha sarf-xarajat qilinayotgan katta hajmdagi qogʻoz tejalib iqtisod qilinadi. Shuningdek, Moliya vazirligi 2019 yil 1 yanvardan boshlab www.mf.uz sayti orqali vazirlik va idoralar, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ijro holatini tekshirish moduli joriy qilish rejalashtirilgan. Bu esa oʻz navbatida, Moliya vazirligi sayti orqali elektron ravishda “PDF” formatda javob xatlarini yuklab olish imkonini beradi. Bundan tashqari, vazirlikda aloqa xizmatini yanada takomillashtirish maqsadida “RECEPTION” (71 203-22-44 IP Telefoniya) xizmati tashkil qilindi va 2019 yil 1 yanvardan boshlab vazirlik va idoralar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tegishli boshqarma va boʻlimlarga aloqa vosita orqali ulanish va maʼlumotlar uchun qulaylik yaratiladi. Demak, bugungi kunda “mf.ijro.uz” dasturining vazirlik va idoralar ichida eng birinchi boʻlib Moliya vazirligida joriy etilganligi “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili“da amalga oshirilgan muhim amaliy ishlardan biri boʻlganligini alohida taʼkidlash joiz.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 30 Noyabr 2018 15:59

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!