РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

PRESS RELIZ 150,0 MLN. YEVRO MIQDORIDAGI "IQTISODIY VA MOLIYAVIY BOSHQARUV TIZIMINI ISLOH QILISH DASTURLARI" LOYIHASI DOIRASIDA FRANSIYA TARAQQIYOT AGENTLIGI (FAR) KREDITI TO'G'RISIDA

12
Dek 2018
545 marta ko'rildi

PRESS RELIZ 150,0 MLN. YEVRO MIQDORIDAGI "IQTISODIY VA MOLIYAVIY BOSHQARUV TIZIMINI ISLOH QILISH DASTURLARI" LOYIHASI DOIRASIDA FRANSIYA TARAQQIYOT AGENTLIGI (FAR) KREDITI TO'G'RISIDA

Concrete

Joriy yilning 12 dekabrida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Osiyo taraqqiyot bankiga yordami asosida ishlab chiqilgan "Iqtisodiy va moliyaviy boshqaruvni isloh qilishni qo'llab-quvvatlovchi dasturlar" loyihasi doirasida O'zbekiston Respublikasi bilan Fransiya Taraqqiyot Agentligi (bundan keyin - FAR) o'rtasida 150,0 mln. yevro miqdoridagi kredit bitimini imzolash uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur dastur O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmonida belgilangan 2017-2021 yillarda milliy rivojlanish strategiyasini belgilab beruvchi tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan. Ushbu strategiyani amalga oshirishga ko'maklashish maqsadida FAR direktorlari kengashi, O'zbekiston Respublikasiga, iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi bo'yicha 20 yil muddatga, jumladan, olti yillik imtiyozli davriga ega bo’lgan 150,0 mln. yevro miqdoridagi imtiyozli kreditni berishni ma'qulladi.

Concrete

Dasturni amalga oshirishda yangi ish o'rinlarini yaratish va hududlarning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha davlat dasturlari uchun qo'shimcha moliyalashtirish manbalari taqdim etiladi. Kredit Osiyo Taraqqiyot Bankining siyosat matritsasi asosida taqdim etildi, bu makroiqtisodiy ma'lumotlar oshkoraligini ta'minlash, fiskal va moliyaviy boshqaruvni mustahkamlash, davlat korxonalarini boshqarishni takomillashtirish va xususiy sektorning davlat dasturlarida ishtirokini ta'minlashga qaratilgan.

Concrete

Moliya Vazirligi Axborot xizmati

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 419 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!