РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OSIYO TARAQQIYOT BANKI VAKILLARI ISHTIROKIDA OʻZBEKISTONDA ICHKI AUDIT TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH BOʻYICHA SEMINAR-TRENINGI

28
Noyab 2018
461 marta ko'rildi

OSIYO TARAQQIYOT BANKI VAKILLARI ISHTIROKIDA OʻZBEKISTONDA ICHKI AUDIT TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH BOʻYICHA SEMINAR-TRENINGI

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi PQ-3231-son “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari tashkil etilgan edi.

Bugungi kunda, mamlakatimizda xalqaro moliya institutlari, xususiy sektor va ilm ahli bilan hamkorlikda davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish, ayniqsa davlat mablagʻlaridan unumli foydalanish va uning nazoratini jahon standartlari talablariga mos ravishda yoʻlga qoʻyish boʻyicha komleks ishlar olib borilmoqda. Taʼkidlash joizki, ushbu sohada Oʻzbekiston, hamda Osiyo Taraqqiyot Banki oʻrtasida mustahkam hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.

Concrete

Ichki audit va moliyaviy nazorat faoliyatini tartibga solish va sifatini oshirish boʻyicha ishlarni davom ettirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Osiyo Taraqqiyot Bankining ichki audit boʻyicha ekspertlari taklif etildi. 2018 yilning 28 noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Osiyo Taraqqiyot Banki missiyasi aʼzolari bilan hamkorlikda ichki audit va Moliyaviy nazorat tizimini xalqaro tan olingan tajribalar asosida takomillashtirish mavzusida Toshkent Moliya Institutida seminar-trening oʻtkazildi. Seminar-treningda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent Moliya Instituti professor oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Seminar Osiyo Taraqqiyot Banki eksperti Devid Soyyerning “Ichki Audit boshqaruvini takomillashtirish” mavzusidagi keng qamrovli taqdimoti va milliy ekspertlarimizning mavzular muhokamasi boʻyicha interaktiv ishtiroklari bilan oʻtdi. Osiyo Taraqqiyot Banki ekspertlari tomonidan, davlat byudjeti boshqaruvida ichki auditni ahamiyati toʻgʻrisida alohida toʻxtalib, uning takomillashtirilishi va vazifalarini aniq belgilab olinishi Oʻzbekistonning bu sohadagi keyingi qadami ekanligi taʼkidlab oʻtildi. Bu esa, oʻz navbatida, xalqaro hamjamiyat uchun malakat byudjeti ustidan nazoratni kuchaytirish pozitsiyasini mustahkamlashga kuchli signal boʻlib xizmat qiladi. Seminar yakunida ekspertlar va ishtirokchilar tomonidan Taʼlim va tibbiyot muassasalarida byudjet jarayonining shaffofligini yanada oshirish va uning ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalarida Oʻzbekistonning keyingi harakati strategiyasi rejasini ishlab chiqish masalasida yagona toʻxtamga kelishildi.

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 450 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!