РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO'MITASINI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO'G'RISIDA

30
Dek 2016
7053 marta ko'rildi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO'MITASINI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO'G'RISIDA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida turizm soxani jadal rivojlantirilishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861 sonli farmonini bajarish yuzasidan va O'zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo'mitasi faoliyatining samarali tashkil etilishini ta'minlash maqsadida:

O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasini faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

- mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirishga Turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berishga, turizm sohasidagi yagona davlat siyosati o'tkazilishiga yo'naltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit kontseptsiyasi shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta'minlash;

- ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va xududiy dasturlari ishlab chiqarilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirish monitoringi, turizm turlarining doirasini jadal rivojlantirish, xalqaro standartlariga muvofiq bo'lgan turizm infraturizilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, shuningdek xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarining kredit va grandlarni jalb etish;

- turizm faoliyati rivojlanishini muvofaqlashtirish, mintaqalarda yangi turizm yo'nalishlari tashkil etilishini ta'minlash, ularni pasportlashtirish, turizm yo'nalishlari va turizm ob'ektlari bo'yicha yagona milliy reestrlarni shakllantirish;

- turizm faoliyat sohasida birinchi navbatda BMTning Butunjahon turizm tashkiloti, turizm bo'yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar hamda turizm sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, halqaro va davlatlararo standartlar va normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish; turizm faoliyati sub'ektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yuqori sifat darajasida tashkil etish, tarmoq turizm fanlarini rivojlantirishiga ko'maklashish.

“O'zbekturizm” Milliy kompaniyasi huzurida byudjetdan tashqari turizmni rivojlantirish jamg'armasi O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo'llab-quvvatlash jamg'armasiga aylantirilgan. O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani Istiqlol ko'chasi, 47-uyda joylashtirilgan.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 30 Dekabr 2016 11:33

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 576 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!