РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK-MOLIYA AKADEMIYASI MAGISTRATURASIDA OʻQISH XAQIDA

13
Dek 2016
5625 marta ko'rildi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK-MOLIYA AKADEMIYASI MAGISTRATURASIDA OʻQISH XAQIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1996 yil 17 maydagi 180-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi Qarori asosida tashkil topgan.

Bank-moliya akademiyasining koʻp yillik samarali faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasidagi 1000 dan ortiq moliya va sugʻurta tizimlari xodimlari iqtisod magistri darajasiga ega boʻldilar va akademiyaning avval 3 (uch), soʻngra 4 (toʻrt) oylik malaka oshirish kurslarida  90 dan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi rahbar xodimlari  malakalarini oshirdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi xukumati tomonidan Taʼlim tizimini islox qilinishi munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyati tubdan oʻzgardi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2013 yil 16 sentyabrida 255 - sonli Qarori qabul qilindi va “Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.   

Yangi tasdiqlangan “Nizom”ga muvofiq Bank-moliya akademiyasi magistratura kursida oʻqish muddati 14 oydan 2 (ikki) yil muddatga uzaytirildi (ish oʻrni va oʻrtacha oylik ish xaqi saqlangan holda), magistratura kurslariga qabul konkurs-tanlov asosida Test markazi tomonidan oʻtkazilishi va oʻqish davlat granti (byudjet) va toʻlov-kontrakt asosida boʻlishi taʼminlandi. Shu bilan bir qatorda, Moliya vazirligi raxbar xodimlarining Malaka oshirish oʻquv kurslari muddati 3 (uch) oydan 4 (toʻrt) oy muddatga uzaytirildi.

2014 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga qabul Kvotalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Qarori asosida, davlat granti (byudjet) va toʻlov-kontrakt asosida boʻlishi belgilab beriladigan boʻldi va 2016/2017 oʻquv yili uchun Kvota, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 1 avgustdagi 248-sonli Qarori bilan, 71 ta birlik, bulardan 30 tasi davlat granti (byudjet) va 41 tasi toʻlov-kontrakt asosida boʻlishi belgilandi.

Yilma-yil, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligining buyrugʻi asosida maxsus komissiya tuzilib, akademiya magistratura kurslarida oʻqish uchun tavsiya etilayotgan moliya vazirligi tizimi xodimlarini tanlab oladi va ularni akademiya tanlov-konkursida ishtirok etish uchun tavsiya qiladi, joriy yilda moliya vazirligi tizimidan tavsiya qilingan xodimlardan 223 tasi tanlab olindi va ulardan 71 tasi akademiya magistratura kurslarida oʻqish uchun, tinglovchilar safiga qabul qilindilar, shu jumladan bularning 27 tasi davlat granti va 44 tasi toʻlov-kontrakt asosidadir.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 13 Dekabr 2016 10:55

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 297 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!