РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

05
Okt 2018
540 marta ko'rildi

PRESS-RELIZ

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “FALIA” (Yaponiya) xayot sug’urtasini rivojlantirish fondi bilan xamkorlikda tashkilashtirilgan O’zbekiston Respublikasi sug’urta soxasi vakillari ishtirokida o’tkaziladigan “Xatarlarni boshqarish” mavzusidagi mintaqaviy seminar.

“Poytaxt” biznes markazi soat 13:00 da 5 oktyabr 2018 yil.

O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillardagi beshta ustuvor yo’nalishdagi rivojlanishning III yo’nalishidagi xarakatlar strategiyasi sug’urta, lizing va boshqa turdagi moliyaviy xizmatlarning yangi turlarini joriy qilish va sifatini yaxshilash, shuningdek, etakchi xorijiy va chet el institutlari bilan xalqaro xamkorlikni yanada rivojlantirish orqali, tashqi qarz olishning muvozanatli siyosatini davom ettirish va jalb etilgan xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanishga qaratilgan.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "FALIA" xayot sug’urtasini rivojlantirish fondi (Yaponiya) bilan birgalikda mamlakatda sug’urta biznesiini keng qamrovli vajadal rivojlantirishga qaratilgan eng dolzarb masalalardan biri bo’lgan “Xatarlarni boshqarish” mavzusida seminar o’tkazdi. Seminar doirasida O’zbekiston Respublikasi sug’urta bozorining rivojlanish davrida sug’urtalovchilar tomonidan risklarni boshqarishning tarkibiy elementlaridan izchillik bilan foydalanishga aloxida etibor qaratildi.
 

Concrete

Shuni takidlash kerakki, bugungi kunda "FALIA" O’zbekiston sug’urta jamoatchiligining eng faol xorijiy sheriklaridan biridir. Ushbu seminarning asosiy maqsadi – Yaponiya va O’zbekiston sug’urta mutaxassislari uchun xayotni sug’urtalash soxasida tajriba almashish, sug’urta soxasidagi turli masalalarni muxokama qilish imkoniyatini yaratishdir.

Yaponiya sug’urta bozorining vakillari, "FALIA" xayot sug’urtasini rivojlantirish fondi (Yaponiya) Ijrochi direktori janob Toru Nagashima, fond bosh menedjeri Tomoki Suguzaki va "Dai-ichi Life" sug’urta kompaniyasining bosh menedjeri Kaziko Ibuki seminar ishida xayotni sug’urtalash soxasidagi o’z tajribalari to’g’risida O’zbekiston sug’urta bozorining vakillari va respublikaning etakchi ommaviy axborot vositalari  jurnalistlari bilan o’rtoqlashdilar.

Concrete

Tadbir sug’urtaning dolzarb masalalari bo’yicha aloxida taqdimotlar va interaktiv muloqot tarzida o’tkazildi. Dai-ichi xayotni sug’urtalash kompaniyasining bosh menedjeri sug’urta masalalari buyicha savollarga javob berdi. Seminar natijalarni xisobga olgan xolda qayta o’rganib chikish talab kilinuvchi muammolar qayd etildi.
 

Concrete

Tadbir natijalariga ko’ra, ishtirokchilar bunday seminarlar so’zsiz samarodor ekani va muntazam ravishda tashkil etilishi bo’yicha fikr bildirdilar.

 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 05 Oktyabr 2018 18:12

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 292 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!