РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTONDA DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI XALQARO BAHOLASH – DAVLAT BYUDJET TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING MUHIM POYDEVORI

20
Sen 2018
1122 marta ko'rildi

O’ZBEKISTONDA DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI XALQARO BAHOLASH – DAVLAT BYUDJET TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING MUHIM POYDEVORI

Concrete

Davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish sohasidagi islohotlarni amalga oshirish doirasida Jahon banki va Moliya vazirligi tomonidan 30,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi institutsional salohiyatni oshirish loyihasi ishlab chiqilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 avgustdagi № PQ–3917 “Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida Moliya vazirligiga O’zbekiston Respublikasida (PEFAG’PIFA) davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik metodologiyasi me’zonlari asosida davlat moliyasini boshqarishning samaradorligini baholashni o’tkazish choralarini ko’rish topshirilgan.

O’tkazilgan muzokaralar natijasida baxolash o’tkazish uchun Jaxon Banki va Evropa Ittifoqi delegatsiyasi joriy yil 20 sentyabrdan 5 oktyabriga qadar qo’shma missiyasini O’zbekistonga yubordi.

Takidlash joizki PIFA – mamlakat davlat moliyasini boshqarish (DMB) tizimi samaradorligi darajasini aks ettiruvchi diagnostik mexanizm bo’lib, fidutsiar kafolat instrumentni, ya’ni investitsiyalarni kiritish va kreditlashtirish uchun ishonchli baho (Evropa ittifoqi, Jahon banki va boshqa halqaro tashkilotlar uchun), shuningdek DMBning munosib amaliyoti bo’yicha ma’lumotnoma va mamlakat ichida DMB tizimining samaradorlik dinamikasini taqqoslash uchun xizmat qiladi.

Baholash (PIFA), muayyan muddat ichida erishiladigan natijalar suratini o’lchash imkoniyati, DMB tizimini isloh etishda turtki bo’lish, manfaatdor tomonlar harakatlarini muvofiqlashtirish hamda xalqaro e’tirof kabi afzalliklarga ega.

2001 yilda PEFA kotibiyati mazkur dasturni yaratgan tashkilotlar va davlatlar o’rtasida DMBni baholashni uyg’unlashtirish vositasi sifatida o’z ishini boshlagan. Ushbu tashkilot va davlatlarga Evropa komissiyasi, Xalqaro valyuta jamg’armasi va Jahon banki tashkilotlari hamda Fransiya, Norvegiya, Shveytsariya va Buyuk Britaniya hukumatlari kiradi.

2005 yilgi dastlabki baholashlardan buyon PEFA uslubiyoti bilan baholash 150 ta mamlakatda 500 dan ortiq marta amalga oshirilgan. 
 

Concrete

U Davlat moliyasini boshqarishni baholashda tan olingan standart bo’ldi va 40 mingdan ortiq individul ishlab chiqarish ko’rsatkichlaridan iborat yirik hajmdagi ma’lumotlarni to’pladi.

Bugungi kunda PEFA 2016 o’z ichida, byudjet barqarorligi, davlat moliyasining shaffofligi, davlat aktivlari va majburiyatlarini boshqarish sifatini, byudjet-soliq strategiyasini va iqtisodiy siyosat asosida byudjetlashtirishni, byudjet ijrosi prognozi va nazoratini, hisob va hisobdorlik hamda tashqi audit va nazoratni baholovchi, 7 ta tamoyillar asosida 31 ta davlat moliyasini boshqarishning muhim tarkibiy qismlari bo’yicha 94 ta baholash me’zonlarni jamlagan.

PIFA baholashni sifatli o’tkazish maqsadida Hukumat tomonidan milliy ekspertlardan iborat ishchi guruh tasdiqlangan hamda joriy yilning 20 va 21 sentyabr kunlari ikki kunlik PIFA metodologiyasini o’rgatish bo’yicha seminar-trening o’tkazish rejalashtirilgan.

Mazkur treningda senatorlar, Qonunchilik palatasi deputatlari, Hisob palatasi, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralardan iborat 65 ga yaqin milliy ekspertlar ishtirok etishadi.

Moliya vazirligi mutaxassislari tomonidan baholash natijalariga ko’ra uzoq muddatli O’zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish Strategiyasi ishlab chiqilishi ta’kidlandi.

Moliya vazirligi Axborot xizmati
 

 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 20 Sentyabr 2018 18:15

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 870 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!